+998939551810 Terdu pi o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi


Buncha xasis boʻlmasa dunyo



Yüklə 21,87 Kb.
səhifə4/4
tarix20.04.2022
ölçüsü21,87 Kb.
#85677
1   2   3   4
Begiyeva Shaxnoza

Buncha xasis boʻlmasa dunyo,

Toptaydi oʻzining izlarin.
baytida "dunyo-xasis" sifatlashi orqali ifodalanmoqda.

Ramz (ar. imo-ishorat) - tasvir obyektining mohiyatini maʼlum bir nuqtai nazardan shartli ifodalovchi soʻz yoxud predmet. Ramzlar xalqaro atamashunoslikda simvol (yun. symbolon- shartli belgi) deb yuritiladi.[2.327] Marsiyada ikki o`rinda simvolni uchratish mumkin. Ularning zaminida yashirin oʻxshatish yotadi. Masalan:


Oʻynar boʻron , oʻynar boʻron ,

Oʻynar mening boshimda.
Bu misrada ifodalangan "bo'ron" leksemasi- "qaygʻu,talofat" simvolik obrazini ifodalagan. Yoki:
Poyezd chopar , poyezd chopar ,

Poyezd chopar Sibirdan
Misralarida "Sibirdan chopayotgan poyezd" leksik birikmasi "elchi" maʼnosini ifodalagan holda, " sovuq xabar" simvolini yaratgan.

Mubolagʻa (ar. lof urish, boʻrttirish) giperbola-tasvirlanayotgan shaxs, predmet va voqea-hodisaning muayyan jihatlarini boʻrttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. "Abdullajon" marsiyasida holatni kuchaytirishga qaratilgan mubolagʻani uchratishimiz mumkin. Masalan:


Qonli yoshlar toʻkdi ko'zim,

Jigar bag’rim ezildi.
Bu misrada "koʻzning qonli yoshlar to'kishi" va "jigar-bag'ir ezilishi" mubolagʻalari orqali shoirning ruhiy iztiroblari, qalb ogʻriqlari taʼsirli ifodalangan.

Oksimaron (yun. oxymoron -zakiy, nodon)-ikki qarama-qarshi tushunchalarni ifodalovchi soʻzlarni yonma-yon keltirish yoʻli bilan tasvir obʼektini boʻrttirib koʻrsatish usuli.[2.354] Marsiyadan bir misol:


Doim birga va doim judo,

Bag'ridan ,bechora koʻzlarim.
"Doim birga" va "doim judo" koʻzlar -obrazli leksik birikmalari ajoyib- kutilmagan oksimaronlardir.
Jonlantirish - istioraning bir koʻrinishi. Jonlantirish odamlarga xos boʻlgan xislatlarni jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvonot, parranda va qush kabilarga koʻchirish orqali paydo boʻladigan tasvir usulidir. Masalan:
Poyezd chopar ,poyezd chopar,

Poyezd chopar Sibirdan

Bunda kishilarga xos harakat feʼli- chopish leksemasi poyezdga koʻchirilib, jonlantirilmoqda. Yoki :


Yel yigʻlaydi , el yigʻlaydi,

Yigʻlar oʻzi ham oʻlim.
Ushbu misralarda ayriliq iztirobi "yel yigʻlashi", "oʻlim yigʻlashi" leksik birikmalari vositasida tashxisni yuzaga keltirgan.
Rauf Parfi she'riyati majozlar, o'ziga xos ritm va badiiy san'atlarga boy. Shu kunga qadar shoir she'riyatida badiiy san'atlar keng o'rganilgan. Shoirning "Abdullajon" marsiyasidagi poetik ko'chimlarni tahlil qilar ekanmiz, ularning shoir iztiroblarini, urushorti voqealarining falokatini tasvirlashda muhim o'rin tutganligini ko'rishimiz mumkin. Bu o'rinda badiiy tasvir vositalari bilan "Bir kunda shoir sochlariga oq tushirgan" qayg'u, "Doim birga va doim judo" xotira, "Yelni, elni va hatto o'zini-da yig'latgan o'lim" judoligi, "Ko'zlarini bir dam ochsa, na bo'lg'ay" ilinjini ifodalash orqali shoir o'z qalb tug'yonlarini she'rga ham singdira olgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rauf Parfi. Sakina. Saylanma.Toshkent. "Muharrir" nashriyoti -2013.

2. To'xta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent.



3. Ilhom G'aniyev. Rauf Parfi O'zturk dunyosi. Toshkent. "Muharrir" nashriyoti -2021

4. D.Quronov , Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug'ati. Toshkent. Akademnashr - 2013.
Yüklə 21,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə