Sen yonib ketarsan yodimda,
Biron sharpa, tovush eshitsam.
Ushbu parchaning birinchi misrasida “yodga kelmoq” birikmasi oʻrnida "yonib ketarsan" leksik birikmasi ishlatilib, istiora hosil qilingan.
Yana bir oʻrinda ochiq istiora (oʻxshatilayotgan narsa tushirilib qoldirilib, faqat oʻxshayotgan narsalargina berilgan) namunasini uchratish mumkin.
Tinglamaysan mening nolamni
Tinglamaysan, chorasiz ohu.
Bu misrada dunyodan mangu koʻz yumib, yaqinlarining nolasini eshitmayotgan Abdullajon obrazi "chorasiz ohu" leksik birikmasi bilan ifodalanyapti. Bu misrada oʻxshatilayotgan narsa tushirib qoldirilib (tasvir obyekti – Abdullajon), faqat oʻxshayotgan narsa (“chorasiz ohu”) berilyaptiki, bu ochiq istioradir.
Dostları ilə paylaş: |