82
holatlarni yaratishdir, muammoli modelning yetakchi metodi yordam
ko‘rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasida shartnoma tuzilishidir.
Shartnoma tuzilayotganda oilaning vazifasi oldinda turgan faoliyatning
maqsad va vazifalarini aniqlashdir.
Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu maqsad va vazifalarning
amalga oshishi uchun yetarli bo‘lgan muddatni belgilash. Shuni
ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma biznes
yoki nikoh shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy
emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat
bilan tasdiqlanadi. Shartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma
shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini
ta’minlaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar bilan
ishlashda shartnomaning
tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter
berishi bilan ijobiy jihatlarga ega. Asosan xorij amaliyotida
qo‘llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari psixoijtimoiy yondoshuvga
asoslanishadi va to‘rt oydan ortiq vaqtni talab qiladi. Psixoijtimoiy
yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga
odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish, oilaga ta’sir
qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o‘zgartirishdan iborat.
Aynan ijtimoiy pedagogik yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi
maqsadga muvofiq.
Patronaj -
ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo‘lib, unda
ijtimoiy pedagog tashhiz, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga
tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab
qolishga zamin yaratadi.
Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon beradi.
Patronajning o‘tkazilishi bir qancha tamoyillarga
amal qilishni talab
qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik va
boshqalar. Shuning uchun oilani avvaldan tashrif to‘g‘risida xabardor
qilish lozim. Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir
martalik bo‘ladi. Doimiy patronajlar avvalambor g‘ayri ijtimoiy
oilalarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy nazorat
qilish intizomga chaqiradi. Shu bilan birga vujudga kelayotgan inqirozli
holatlarni aniqlash imkonini beradi. Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy
pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib borishning muhim shakllaridan
biri - bu konsultativ suhbat o‘tkazishdir.
Konsultatsiya
asosan
hayotiy
masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog‘
odamlarga mo‘ljallangan.
Yakka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan
83
bir qatorda oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari - treninglar ham
o‘tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning
jamoaviy psixologik ish olib borishni faol metodlaridan foydalanishga
asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi. Shuni ta’kidlash joizki, bugungi
kunda o‘tkazilayotgan trening dasturlarining maqsadlari kengaydi va
trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo‘libgina qolmay, ijtimoiy
pedagogika, ta’lim tizimida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Trening bir
qancha indevidual va jamoaviy ish olib borish usullarining
uyg‘unlashuvi bo‘lib, ota - onalarning psixologik, pedagogik
savodxonligini oshirish muammosini xal
qilishning eng istiqbolli
usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so‘ngi o‘n yilliklar davomida
o‘z global ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy
nuqsonli farzandli oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir. Jamoaviy
usullar ota - onalarga bir - birlari bilan tajriba almashishi, savollar berishi
va guruhda qo‘llab - quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari
axborot almashinuvida yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi.
Yuqoridagi ususllar -
konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib
ham qisqa muddatli ham uzoq muddatli shakllarda qo‘llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan
taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin.
U demografiya, ijtimoiyogiya,
ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq,
iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix va falsafa ma’lumotlarini
o‘rganishni va ulardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Shunday qilib,
zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika,
ijtimoiy ish, sog‘liqni saqlash va boshqalarning markaziy obyektlaridan
biriga aylanmoqda. Chunki har bir jamiyatning kelajagi o‘sha
jamiyatdagi oilalardagi muammolarni hal qilishga bog‘liq.
Har qanday davlatda, har qanday
jamiyatda ham ota-onasi
qaramog‘isiz bolalar bo‘lgan, bor va bo‘ladi ham. Bu holatda jamiyat va
davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o‘z
bo‘yniga oladi. Internat turidagi muassasalarda bola muammolarining
o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan pedagog va psixologlar shuni
aniqlashdiki hayotning ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish
bolaning keyingi taqdirini oldindan belgilab berar ekan. Onasidan
Dostları ilə paylaş: