84
ayrilish va umuman yaqinlaridan ayrilib qolish
bolalar rivojida katta
ta’sir ko‘rsatadi. Bolalik insonning ruhiy bardoshliligi, hayotga
qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini ta’minlovchi asosiyxislatlarning
shakllanish davridir. Bu ma’naviy xislatlar betartib shakllanmaydi, ular
ota - ona mehri sharoitida, oila bolaga o‘zi va boshqalar uchun mas’ul
bo‘lish, birovga kerakligini sezish sharoitida shakllanadi. Ota - onasini
yo‘qotgan bola bu haqiqatdan ham fojeali olamdir.
Ota - onaga ega
bo‘lish ehtiyoji bolaning eng kuchli ehtiyojlaridan biri. Ijtimoiy yetimlik
muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos
muammo hisoblanadi.
Yetimlikning barcha sabablarini sanab o‘tish mushkul, chunki bu
turli fan sohalari (tibbiyot, psixologiya, ijtimoiyogiya,
pedagogika va
boshqalar) olimlari shug‘ullanayotgan ko‘p aspketli muammodir. Biroq
asosiy 3 ta sababni ajratib ko‘rsatsak bo‘ladi:
1.
Ota - onalarning (odatda
onalarning) o‘z voyaga yetmagan bolasidan voz kechish asosan
go‘daklik davridagi boladan
2.
Uning ota - onasidan ota - onalik huquqini olib qo‘ygandan so‘ng
bolani oiladan majburan ajratib olish
3.
Ota - onalarning vafoti. “Yetim” va “ ijtimoiy yetim”
degan
tushunchalar bir - biridan farqlanadi.
Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota - onasining biri yoki ikkovi
vafot etgan bo‘ladi. Ijtimoiy yetim - biologik ota - onaga ega bo‘lgan,
biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan
bolalar. Bu holatda unga g‘amxo‘rlik qilishni davlat va jamiyat o‘z
bo‘yniga oladi.
Shunday qilib ota - onalar qaramog‘isiz qolgan bolalarga ota - onalari:
- vafot etgan;
- ota - onalik huquqidan mahrum bo‘lgan;
- bedarak yo‘qolgan;
- muomalaga layoqatsiz;
- axloq tuzatish koloniyalarida jazo o‘tayotgan;
- jinoyat
sodir etishda ayblanib, xibsda bo‘lgan;
- bola tarbiyasidan bo‘yin tovlayotgan;
- bola vaqtincha joylashtirilgan shifo, ijtimoiy maskanlardan uni olib
ketmayotgan bolalar kiradi.
Ularni boqish, ta’lim berish, himoyalash uchun qonun bilan belgilangan
vasiylik shakllari mavjud.
Vasiy
- deganda muomalaga layoqatsizlarni
shaxsiy va mulkiy huquqlarini qO‘riqlovchi shaxs tushuniladi.
85
Vasiylik - bu «balog‘atga yetmagan shaxslar shaxsi va mol - mulki
huquqlarini himoya qilish shaklidir (ota
- onasiz olgan bolalar, ruhiy
kasallar)».Vasiylik deyilganda bunday kuzatishlar vazifasi yuklatilgan
shaxslar yokitashkilotlar ham tushuniladi. Vasiylik
qilish topshirilgan
shaxs vasiy deb ataladi, uning majburiyati esa vasiylik.
Dostları ilə paylaş: