Atirgul o`g`risi



Yüklə 13,46 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü13,46 Kb.
#164009
Atirgul o`g`risi taqriz


“Atirgul o`g`risi” hikoyalar to`plami kitobiga taqri.

Ushbu asarda AQSH, Angilya, Kipr, Turkiya, Rossiya, Koreya, Kolumbiya, Yaponiya, Polsha kabi mamalakatlarning mashxur yozuvchilariga tegishli bo`lgan qiziqarli va ta`sirli asarlari jamlangan bo`lib, ushbu kitobda jahon adabiyoti tarjimonlaridan bahramand bo`lasiz va hikoyalardagi o`zgacha qiziqarli voqealar bilan boy bo`lganligini mutola jarayonida bilib olasiz. Siz nafaqat mutola qilasiz, ushbu kitobdagi qahramonlar bilan birga yashaysiz yangi hayot yangi voqealar olamiga sayohat qilib jahon adabiyotiga qiziqishingizni yanada ortirasiz deb ayta olaman. Undagi iqtiboslarga boy jumlalar huddi sizning ham hayotingizda sodir bo`lgandek va sodir bo`layotgandek qalbingizga yaqin va sevimli bo`la oladi.


Men ushbu hikoyalarni o`qir ekanman o`z hayolot olamimda o`zgacha fikr o`zgacha dunyo paydo bo`lib meni rivojlantirayotgandek bo`ldi desam adashmayman. Kitobni mutola qilar ekanman o`z iqtiboslarimni oldim va ulardan birini sizlar bilan bo`lishmoqchiman #iqtibos Dunyodagi bazi qayg`ular doim bir xil bo`ladi: bosimlar, ayriliq, hijron, va masofalar. Qalbdagi og`riqlarni tindirmaguncha dunyoning hech qaysi og`rig`iga davo topolmaysan deb takidlaydi hikoya qahramoni. Men ishonamanki ushbu ajoyib kitob barcha kitobxonlarga o`zgacha mutola zavqini bera oladi. Siz ham ushbu kitobni mutola qiling va jahon adabiyotiga bo`lgan qiziqishingizni ortiring.

BY | Birgalikda Yuksalamiz loyihasi 6.198-guruh ishtirokchisi


Shamamatova Sayyora Jo`raboy qizi
Yüklə 13,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə