14. Qayerdadir sizga aniq ma’lum bо‘lgan masala yuzasidan xato fikrni
aytishdi, eshitib tortishmasdan indamay qо‘ya qolasizmi?
15. Birovning о‘quv mavzusi yoki xizmat masalasi yuzasidan yordam berish
xaqidagi murojaati sizni iztirobga soladimi?
16. Siz og‘zaki aytgandan kо‘ra yozma holda о‘z fikringizni erkinroq bayon
qila olasizmi?
Endi javoblaringizni baxolab chiqing:
Har bir «xa» javobiga – 2 ball, «ba’zan» javobiga – 1 ball, «yo‘q» javobiga –
0 ball beriladi.
Umumiy qiymatni toping. 30-32 ball Siz umuman kommunikabel (kirishimli)
emassiz, bu siz uchun kulfat, chunki bundan о‘zingiz kо‘proq aziyat chekasiz.
Yaqinlaringizga xam oson emas. Guruh bо‘lib bajariladigan ishlarda sizga ishonib
bо‘lmaydi. О‘zingizni nazorat qiling, kirishimli, dilkash bо‘lishga harakat qiling.
25-29 ball. Siz kamgap, odamovisiz, yolg‘izlikni yoqtirasiz,
shuning uchun
ehtimol dо‘stlaringiz xam oz bо‘lsa kerak, yangi ish va yangi odamlar bilan aloqa
qilish zarurati sizni vaximaga solmasa xam, har xolda ancha vaqtgacha
muvozanatdan chiqaradi. Siz xarakteringizning bu xususiyatini bilasiz va о‘z
taqdiringizdan norozi bо‘lasiz. Lekin faqat norozilik bilan cheklanmang,
xarakteringiz xususiyatini о‘zgartirish о‘z qо‘lingizda. Ba’zan
biror ishga ishtiyoq
bilan kirishganingizda siz juda kirishimli bо‘lasiz-ku. Shuning uchun ozgina
о‘zingizni g‘aflatdan uyg‘otsangiz bо‘ldi.
19-24 ball. Ma’lum darajada siz kirishimlisiz va notanish vaziyatda о‘zingizni
dadil tutasiz. Yangi muammolar sizni qо‘rqitmaydi. Lekin yangi odamlar bilan
xavfsirab munosabatga kirishasiz. Tortishuv va munozaralarda og‘rinib ishtirok
etasiz.
14-18 ball. Sizda me’yordagi kirishimlilik bor.
Siz qiziquvchansiz, qiziqarli
suxbatdoshni jon-jon deb eshitasiz, boshqalar bilan muloqotda yetarlicha toqatlisiz,
qiziqqonlik qilmasdan о‘z fikringizni ximoya qila olasiz. Kо‘ngilsiz о‘y xayollarsiz
notanish odamlar bilan uchrashuvga tayyorlana olasiz. Shu bilan birga g‘ala-g‘ovur
о‘tirishlarni yoqtirmaysiz, oliftalik va laqmalik jaxlingizni chiqaradi.
9-13 ball. Siz anchagina kirishimlisiz (ba’zan aytish mumkinki, xaddan
tashqari kirishimlisiz).
Qiziquvchan, sо‘zamolsiz, har xil masalalar bо‘yicha о‘z
fikringizni bildirishni yaxshi kо‘rasiz, bu narsa ba’zan atrofdagilarning g‘ashiga
tegadi. Yangi odamlar bilan jon-jon deb tanishasiz. Diqqat markazida bо‘lishni
yaxshi kо‘rasiz, har doim bajarolmasangiz xam birovning iltimosini qaytarmaysiz.
Ba’zan о‘zingizni tutolmay xam qolasiz, lekin tezda о‘zingizni qо‘lga olasiz. Sizning
kamchiligingiz – qunt, toqat va yangi odamlar bilan tо‘qnashganda jur’atning
yetishmasligidir. Agar qasd qilsangiz о‘zingizni chekinmaslikka majbur qila olasiz.
4-8 ball. Siz dali – g‘uli, kо‘ngli ochiq odamsiz (g‘alati tuyulsa xam bu
tushunchani ayollarga nisbatan xam qо‘llash mumkin). Kirishimlilik joni-dilingiz,
siz xamma narsadan xabardorsiz. Har qanday munoazarada qatnashishni yaxshi
kо‘rasiz, shu bilan birga har qanday jiddiy masala sizda bosh og‘rig‘i va
xunobingizni oshiradi. Yuzaki tasavvurga ega bо‘lsangiz
xam har qanday masala
yuzasidan sо‘z olishni yoqtirasiz. Xamma yerda о‘zingizni yaxshi xis qilasiz,
oxirigacha muvaffaqiyatli xal qila olmasangiz xam har qanday ishni zimmangizga
olaverasiz. Shuning uchun xam xamkasblaringiz va raxbarlaringiz sizga ma’lum
darajada xavfsirab va ishonqiramay munosabatda bо‘lishadi. Shu faktlar ustida
о‘ylab kо‘ring.
3 va undan oz ball. Sizning kirishimligingiz
deyarli kasallik darajasida, siz
kо‘p gapiradigan, laqmasiz, о‘zingizga aloqasi bо‘lmagan ishlarga xam burningizni
suqaverasiz. О‘zingiz butunlay bexabar, xaqqingiz bо‘lmagan narsalar xaqida xam
baxo beraverasiz. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz atrofingizda turli ziddiyatlar kelib chiqishiga
sabab bо‘lasiz, qiziqqon, arazchi, kо‘p xolatlarda adolatsizsiz. Siz jiddiy ish uchun
tug‘ilmagansiz. Ishda xam, uyda xam va umuman xamma yerda atrofingizdagilarga
qiyin. Sizga о‘zingiz va xarakteringiz ustida ishlash vaqti yetdi. Avvalo о‘zingizda
vazminlik va sabr-toqatni tarbiyalang va о‘z sog‘ligingiz xaqida qayg‘uring- eslab
qoling, bunday turmush «usuli» izsiz ketmaydi
Dostları ilə paylaş: