Molekula о‘yini
Maqsad
: ishtirokchilarni
faollashtirish, jamoaviylikni rivojlantirish,
kichik
guruhlarni hosil qilish.
Jarayon
: birinchi navbatda ishtirokchilar bir tо‘p bо‘lib turib olishlari kerak.
Molekulalar haqida biroz tushuncha berib о‘tiladi misol uchun: molekulalar harorat
oshgani sari ularning harakati tezlashadi va harorat sovigani sari ularning harakati
sekinlashadi. Sо‘ngra ishtirokchilarga tasavvur qiling sizlar hozir kichik-kichik atom
molekulalariga aylanib qoldingiz deb ustanovka beriladi.
Sizlardan havo harorati
oshgani sari ixtiyoriy turli taraflarga qarab tо‘xtamay harakatlanish talab etiladi.
(trening auditoriyada bо‘lmasa ishtirokchilarning bir-birlaridan uzoqlashib
ketmasligi sо‘raladi) Shundan sо‘ng hozir harorat 40,60,100 daraja issiq deb aytiladi
va molekulalar (ya’ni ishtirokchilar) borgan sari tezroq harakatlana boshlaydi.
Trener ularni ixtiyoriy paytda tо‘xtatib molekulalar 2ta yoki 3ta yoki ixtiyoriy kerakli
miqdorda birlashishsin deb buyruq berishi mumkin. Shunda ishtirokchilar tо‘xtashi
va tezda о‘ziga sheriklar topib aytilgan miqdorda birlashib kichik xalqalar hosil qilib
olishlari kerak. Bundan sо‘ng “harorat yana kо‘tarilib
molekulalar yana harakatga
kelishadi” buyrug‘ini berish va о‘yinni yuqoridagiday davom ettirish mumkin.
Eslatib о‘tish kerakki, bu о‘yindan nafaqat ishtirokchilarni faollashtirish yoki
jamoaviylikni shakllantirish uchun balki ishtirokchilardan
kichik guruhlarni hosil
qilish uchun ham foydalanish mumkin.
Noodatiy fikrlaymiz
Maqsad: ijodkorlik, noodatiy fikrlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
Jarayon: ishtirokchilardan bir nechta guruhlar shakllantiriladi shundan sо‘ng
har bir guruhga bittadan ixtiyoriy predmet beriladi (ya’ni nomi aytiladi), misol
uchun: baklashka, qopqog‘ yoki propka, krujka, qoshiq, g‘isht, gugurt chо‘pi, qog‘oz
bо‘lagi. Har bir guruhga
bittadan predmet aytilgach, guruhlarga 2-3 daqiqa vaqt
beriladi shu vaqt davomida guruhlar kelishgan holda
yuqorida berilgan predmetni
о‘z funksiyasidan tashqari yana nima vazifalarda hamda qanday hollarda ishlatish
mukinligi haqida о‘ylab kо‘rishlari kerak va berilgan predmetning qо‘shimcha
funksiyalari rо‘yxatini tuzishga harakat qilishlari kerak. Bunda oldindan aytib о‘tish
joiz, eng uzun rо‘yxatni tuzgan jamoa g‘olib deb topiladi.
О‘yindan
xulosa shuki, har bir ishga,
ayniqsa muammoli vaziyatga
yondoshishda iloji boricha ijodkorlik, noodatiy fikrlash va mantiqiy tafakkurni ishga
solib yondoshish, odatiy primitiv yо‘llar orqali ish tutishdan kо‘ra samaraliroq natija
beradi. Hamda bunday yondoshuvning yana bir foydali tarafi shundaki, inson qiyin
vaziyatga tushib qolganida, ortiqcha о‘yga tolmaydi va zо‘riqishdan holi bо‘ladi
hamda optimistlarcha ish tutadi.
Dostları ilə paylaş: