A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

R ekonstruksiya 
(qayta tiklash) - faolliyat yuritayotgan kor- 
xonani m a’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalami 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, 
texnologik bo‘g ‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklami 
yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman 
o ‘zgartirish. Qayta tiklashda eski tsexlar o ‘rniga yangi sexlami 
qurishga ruxsat beriladi.
R entabellik 
- korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning 
uch xil ko'rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy 
kapital 
rentabelligi 
va 
sotilgan 
mahsulot 
rentabelligi. 
Bu 
ko ‘rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko‘rsatkichini korxona 
aktivlarining o ‘rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan 
aksiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot 
tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.


S trategik m oliyaviy boshqaruv 
- korxona moliyaviy faoliya­
tining rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan holatda qabul qilinadigan 
moliyaviy 
qarorlar 
muqobil 
variantlarini 
minimallashtirishni 
qaratilgan harakat va rivojlanish darajasini saqlab qolishga.
Strategik m oliyaviy boshqaruvning tadbirkorlik stili —
moliyaviy faoliyatning barcha yo‘nalishlari va shakllari bo‘yicha 
samarali boshqaruv qarorlari ustida faol ishlash tashkil etadi. 
Moliyaviy boshqaruvning bu stili tashqi omillar o ‘zgarishini 
hisobga olgan holda q o ‘yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun 
barcha yo ‘llarda moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirishning 
yo‘nalishlari, shakllari va metodlari doimiy transformatsiyasi bilan 
bog‘liq.
Soliq im tiyozi 
— soliq to ‘lovchilarning ayrim toifalariga 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to ‘lashdan to ‘liq, 
qisman va vaqtincha ozod qilish.
Soliq krediti 
- budjetga to ‘lanishi lozim bo‘lgan soliq 
summasini m a'lum muddatga kechiktirish, bo‘Iib-bo‘lib to ‘lash yoki 
soliqni qaytarish shakli.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə