A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Kurs ishini himoya qilish,kurs ishini baholash me’zonlari va baholash



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə79/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

3.Kurs ishini himoya qilish,kurs ishini baholash me’zonlari va baholash.
Kurs ishini himoya qilish.
Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarilishining yakuniy bosqichlaridan biri xisoblanadi.
Tugallangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga tekshirish uchun topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, ilmiy raxbarning yozma taqrizi bilan ishdagi kamchiliklarni to‘ldirish va qayta ishlash uchun talabalarga qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar ilmiy raxbar tomonidan kafedrada ximoya qilish uchun ruxsat byeriladi.
Kurs ishi himoyasi uchun xar bir talabaga 20-30 daqiqa vaqt byeriladi. Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savol va topshiriqlar byerilishi mumkin.
Kafedrada kurs ishini himoya qilish uchun maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibida etakchi mutaxassis, tajribali professor – o‘qituvchilar va kurs ishi raxbari bo‘lishi lozim, uning soni 3-4 kishidan ortmasligi kyerak.
Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baxolanadi, so‘ngra himoya yakuni bo‘yicha komissiya qarori e’lon qilinadi. Kurs ishlari, kaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedraga topshiriladi, so‘ng arxivga saqlash uchun institut arxiviga ruyxat asosida topshiriladi.
Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari ko‘riklariga, tanlovlarga tavsiya qilinishi mumkin.
Kurs ishida bayon qilingan ma’lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.
Kurs ishini baholash me’zonlari.
Kurs ishi himoya natijalari 100 ballik reyting baholash tizimi orqali aniqlanadi.
Kurs ishi himoyasi vaqti Baholash ko‘rsatkichlari Baholash mezonlari
55 – 70 ball - kurs ishining dastlabki himoyasi dalolatnomasi, ilmiy rahbar taqrizi mavjudligi (10-12 ball);
- kurs ishining rasmiylashtirish talablariga javob byerishi (10-12 ball);
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib byerish (doklad) darajasi (16-18 ball);
-taqdimotning tayyorlanish holati va undan foydalanish darajasi (10-13 ball):
- komissiya a’zolari tomonidan byerilgan savollarga byerilgan javoblar (10-15 ball. Har bir to‘g‘ri javobga 3 balldan):
71-85 ball - kurs ishining dastlabki himoyasi dalolatnomasi, ilmiy rahbar taqrizi mavjudligi (10-12 ball);
- kurs ishinig rasmiylashtirish talablariga javob byerishi (8-10 ball);
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib byerish (ma’ruza) darajasi (16-18 ball);
- taqdimotning tayyorlanish holati va undan foydalanish darajasi (10-13 ball):
- komissiya a’zolari tomonidan byerilgan savollarga byerilgan javoblar (10-15 ball. Har bir to‘g‘ri javobga 3 balldan):
- kurs ishi mavzusi bo‘yicha tarqatma matyeriallarning mavjudligi va undagi ma’lumotlarning asoslanishi darajasi (5 ball);
-soha rivoji uchun talaba tomonidan ishlab chiqilgan dolzarb g‘oya uchun (10 ball);
86-100 ball - kurs ishining dastlabki himoyasi dalolatnomasi, ilmiy rahbar taqrizi mavjudligi (10-12 ball);
- kurs ishining rasmiylashtirish talablariga javob byerishi (10-12 ball);
-talaba tomonidan kurs ishining mazmunini ochib byerish (doklad) darajasi (16-18 ball);
- taqdimotning tayyorlanish holati va undan foydalanish darajasi (10-13 ball):
- komissiya a’zolari tomonidan byerilgan savollarga byerilgan javoblar (10-15 ball. Har bir to‘g‘ri javobga 3 balldan):
- kurs ishi mavzusi bo‘yicha tarqatma matyeriallarning mavjudligi va undagi ma’lumotlarning asoslanishi darajasi (5 ball);
-soha rivoji uchun talaba tomonidan ishlab chiqilgan dolzarb g‘oya uchun (10 ball);
-talabaning jahon iqtisodiyotida bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardorligi va «nou-xau» yangiliklaridan foydalanish yo‘nalishlarini bilishi (5 ball);
- kurs ishi himoyasi davomida ta’laba o‘z fikrlarini aniq ifodalashi va ravon yetkazib byerishi darajasi (5 ball);
- kurs ishi himoyasi uchun belgilangan vaqtdan unumli foydalanganligi(5 ball);
Kurs ishi natijalari reyting qaydnomalarida rasmiylashtiriladi va komissiya raisi va a’zolari imzosi bilan tasdiqlanadi.
Kurs ishi himoyasida 55 balldan kam ball to‘plagan talabalar o‘quv rejasida ko‘rsatilgan mazkur fandan yakuniy baholashga kirish huquqidan chetlashtiriladi.
Kurs ishiga ilova etiladigan hujjatlar.
Ilmiy rahbarning kurs ishiga byerilgan yozma taqrizi.
Mavzuga taaluqli qonunchilik aktlari.
Statistik axborotlar jamlangan jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə