A qodiriy nomidagi


DNK ning ikkilamchi strukturasi



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

DNK ning ikkilamchi strukturasi 

 

DNK ning nukleotid tarkibi to`g`risidagi analitik ma'lumotlar asosida 



Uotson bilan Krik 1953-  yilda DNK molekulasining qo`sh spirallarini bir-biriga 

o`ralgan tuzilishi to`g`risidagi g`oyani taklif etdi. Keyinchalik bu nazariya 

eksperimental tasdiqlandi. DNKning ikkilamchi strukturasini muvofiqlashtiradigan 

asosiy omillar quyidagicha: A va T o`rtalaridagi vodorod bog`lari bo`lib, bu 

juftlikda ikkita bo`ladi. G va S  juftligida esa vodorod bog`lari uchta. Azot 

asoslarini komplementar (bir-birini to`ldiruvchi) deyiladi. 

Komplementar juft azot asoslari A-T va G-S lar faqat katta-kichik o`lchami 

bir xil bo`lishi bilan birgalikda, ularning shakli ham bir xilda bo`ladi. 

 



31 

 

 



 

1-rasm. DNK ning komplementar asoslari 

(A-T, G-S asoslar o`rtasidagi vodorod bog`lari) 

 

Qo`sh spiralli strukturaning o`zagi fosfat va dezoksiriboza guruhidan tashkil 



topgan.  U fazoviy o`qqa nisbatan o`ngga buralish xususiyatiga ega. Spiralning 

ichki qismiga azot asoslari u fazoviy o`qqa nisbatan perpendikulyar joylashgan. 

Qo`sh spiraldagi har bir zanjir o`zaro antiparalel,  ya'ni uning kimyoviy tuzilishi 

bir-biriga qarama-qarshi holda shakllanadi. Bir zanjirdagi bog` 5

/

-3

/



  shaklida 

bo`lsa, ikkinchisida, aksincha 3

/

-5

/



 fosfat ko`rinishda (1-rasm) bo`ladi. 

 

 



 

2-rasm.      DNK ning modeli va chizmasi 




32 

 

 



 

DNK modeliga (2-rasm) asosan uning molekulasi qo`sh spiral hosil qiluvchi 

ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Har ikkala zanjir bitta umumiy o`qqa 

ega bo`lib, diametri 0,2 nm ga teng. Nukleotidlar qoldig`i bir-biriga nisbatan 36

0

 C 


burchak hosil qilib joylashgan. Spiralning bir aylanasi 360

0

  C  yoki o`rami 10 



nukleotid qoldig`idan tashkil topgan. Spiralning bir o`rami orasidagi masofa 3,4nm 

ga teng bo`lib, har bir nukleotid 0,34 ni egallaydi (3-rasm). 

DNK zanjirlarining pentoza fosfat guruhlari spiralning tashqi tomonida, azot 

asoslari esa ichki tomonida joylashgan. DNK molekulasidagi adenin miqdori har 

doim timin miqdoriga teng va guanin miqdori sitozin miqdoriga teng bo`ladi. 

DNK molekulasining boshqa (A,B,C,Z va boshqa) shakllari ham kashf 

etilgan. 

DNK molekulasining har xil shakllari o`zaro bir-birlariga o`ta oladilar. 

Xromosomadagi genlarning vazifasiga qarab (DNK-replikatsiyasi, transkripsiya va 

boshqa holatlar) DNK molekulasining shakli o`zgarib turadi.  




Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə