A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Qon  aylanish  sistemasi:
  Akulaning  yuragi  venoz  sinus,  yurak 
bo’lmasi,  yurak  qorinchasi  va  arterial  konusdan  iborat.  Arterial  konus 
yurak singari ko’ndalang-targ’il muskullardan tuzilgan. 
Siydik  tanosil  sistemasi:
  Ayirish  organi  bo’lib,  qorin  buyragi 
mezonefros  xizmat  qiladi.  Siydik  Volf  kanallari  orqali  kloakadan 
chiqariladi.  Urg’ochisining  tuxumdoni  tuxum  yo’li  (Myuller  kanallari) 
bilan  qo’shilmagan.  Tuxum  yo’li  kloakaga  ochiladi.Urg’ochilarining 
jinsiy va ajratish yo’llari bir-biri bilan qo’shilmagan. 
Sistematikasi:
 600 ta turi bor. Hozirgi zamon tog’ayli baliqlari ikkita 
kenja sinfga bo’linadi. 
1.
 
Plastinka jabralilar 
2.
 
Yaxlitboshlilar 
Plastinkajabralilar k\sinfining 2 ta turkumi farq qilinadi. 
1.
 
Akulalar (350 tur). 
2.
 
Skatlar (340 tur). 
Yaxlitboshlilarning turlari kam, gavdasi duksimon bo’ladi. 
Tanglay kvadrat tog’ayli miya qutisi skeletiga qo’shilib ketgan. 
Shuning uchun ular yaxlitboshlilar deb nomlanadi. Rasm 8.9. 
 


96 
 
 
 
53-rasm.  Xar xil turkumga mansub tog’ayli  baliqlar. 
A) akula; B) tikonli skat(lappak balik); V) ximera baligi 
 
 
 
 
54-rasm. Plakoid tangachalarning tuzilishi. 
1.
 
xar xil rivojlaninish davridagi plakoid tangichalar. 
2.
 
emal kavati. 
3.
 
chin teri(korium); 
     4.  epidermio 


97 
 
 
 
 
NAZORAT SAVOLLARI. 
 
1.
 
Akulalarda necha juft jabra yoriqlari mavjud? 
2.
 
Og’iz tananing qaysi qismida joylashgan? 
3.
 
Teri qoplagichlarining tuzilishi qanday? 
4.
 
Skeleti nimadan iborat? 
5.
 
Miyasi necha bo’limdan iborat? 
6.
 
Spiral klapanli ichak nimaga kerak? 
7.
 
Ayirish organi bo’lib nima xizmat qiladi? 
8.
 
Nechta kenja sinfi mavjud? 
 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə