A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Teri  qoplagichlari:
  Murakkab  tuzilgan  va  xilma-xil  vazifalarni 
bajaradi.  Terisi  tashqi  epidermis  va  pastki  chin  teridan  iborat. 
Epidermisning  pastki  qatlami  tirik  qoplovchi  hujayralardan,  ustga 
borgan  sayin  hujayra  yassi  shaklni  olib,  hujayra  o’ladi,  natijada  shox 
qatlamni  hosil  qiladi.  Eng  ustki  o’lik  hujayralar  kepak  sifatida  tushib 
turadi. 
Epidermisdan  har  xil  teri  hosilalari  -  soch,  tirnoq,  changal  tirnoq, 
tuyoq,  kavak  shox,  tangacha  va  bezlarni  beradi.  Sut  emizuvchilarning 
chin  terisi  asosan  qon  tomirlariga  boy  bo’lgan  tolali  biriktiruvchi 
to’qimadan  va  teri  osti  kletchatkasidan  iborat.  Teri  osti  yog’  qatlami 
ayniqsa,kitsimonlarda,  sovuq  iqlimda  yashovchi  darajalarda  va  qishda 
uyquga ketuvchi sut emizuvchilarda yaxshi taraqqiy  etgan.  
Skeleti.
  Umurtqa  pog’onasi  besh  bo’limga  -  bo’yin,  ko’krak,  bel, 
dumg’aza  va  dum  bo’limlariga  bo’linadi.  Umurtqa  tanasi  yassiroq, 
bunday  umurtqa  platisel  umurtqa  deyiladi.  Bo’yin  bo’limida  7  ta 
umurtqa  bo’lib,  birinchisi  atlas,  ikkinchisi  efstrofiya  deyilib,  tipik 
amniotalarniki  singari  tuzilgan  bel  bo’limida  2  ta  dumg’aza,  4  ta  dum 
umurtqalar  soni  o’zgaruvchan.  Sut  emizuvchilarning  bosh  skeleti  miya 
qutisidan  va  bet  skeletidan  iborat.  Miya  qutisi  ancha  katta  -  ustki  jag’, 


123 
 
yonoq  va  tangacha  suyaklaridan,  ensa  bo’rtmasi    bilan  xarakterlanadi. 
Pastki  jag’  faqat  bir  juft  tish  suyagidan  tashkil  topgan.  Yelka  kamari 
orqa tomondan tarog’i bo’lgan uchburchak shakldagi kurak, karakoid va 
o’mrov  suyaklaridan  tashkil  topgan.  Chanoq  kamari  ikkita  ismsiz 
suyakdan  iborat  bo’lib,  bularning  har  biri  yonbosh,  qov  va  qo’ymich 
suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Erkin oyoqlar skeleti quruqda 
yashovchi  umurtqali  hayvonlardagi  singari  tipik  tuzilishga  ega.  Lekin 
yashash  sharoitiga  qarab  keskin  o’zgargan  bo’lishi  mumkin.  Keyingi 
oyog’ida  sut  emizuvchilarga  xos  bo’lgan  to’piq  suyagi  va  tizza  kosasi 
suyagi bo’ladi. 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə