|
 A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. SalimovMuskul sistemasi:
takomillashgan va xilma-xildir. Ko’krakni qorin
qismidan ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli bor. Yuz
qismiga mimika muskullari ham ba’zi bir turlarida yaxshi rivojlangan.
Nerv sistemasi va sezuv organlari:
Bosh miya oldingi miya yarim
sharlari va miyacha hisobiga nihoyatda kattalashib ketgan. Oldingi miya
yarim sharlari miya gumbazi yoki neopallum deb ataladigan miya
po’stlogi, ya’ni kul rang miya moddasi bilan qoplangan. Miya
po’stlogida oliy nerv faoliyatining markazi joylashgan. Oldingi miya
yarim sharlari bosh miyaning qolgan qismlariga nisbatan 48-75% ni
tashkil etadi. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Sezuv
organlaridan hid bilish sistemasi yaxshi rivojlangan bo’lib, u talaygina
panjara chig’anoqlaridan iboratmurakkab burun labirintini hosil qiladi.
Eshitish organi uch qismdan - ichki, o’rta va tashqi qismlardan iborat
bo’lib, juda yaxshi rivojlangan. O’rta quloq 3 ta - o’zangi, sangdon va
bolg’acha suyaklaridan tuzilgan. Ko’rish organi boshqa sezuv
organlariga nisbatan soddaroq tuzilgan, ko’z tarog’i yo’q va
akkomodasiya hodisasi kipriksimon muskulning qisqarishi va ko’z
gavhari shaklining o’zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|