A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

KIRISH 
 
Yer  yuzida        hayvonlarning  2  mln.ga  yaqin  turlari  mavjud 
bulib,ushbu  turlar  анатомо-morfologik  jihatidan  bir  hujayrali,  ko‘p 
hujayrali,  qavatsiz,  ikki  qavatli,  uch  qavatli,  tana  bo‘shliqsiz,  birlamchi 
va ikkilamchi tana bo‘shliqli, hayot tarzi jihatidan erkin yashovchi, turli 
simbiont,  hamda  parazit  va  yirtqichlik  yo‘liga  o‘tgan  guruhlarga 
bo‘linadi.  Zoologiyaning  bunday  murakkab  qismini  o‘zlashtirish 
talabalardan  egallagan  nazariy  bilimlarini  amaliy  –  laboratoriya 
mashg‘ulotlari bilan mustahkamlab borishni taqozo etadi. 
Ushbu qo‘llanmada, asosan, Respublikamiz hududida uchraydigan, 
turli  sharoitlarga  yashashga  moslashgan  hayvonlar  tiplarining  vakillari 
berilgan. Har bir mavzuda hayvonlarning sistematikasidagi o‘rni berilib, 
ularning  anatomo-morfologik,  biologik,  ekologik  xususiyatlarini,  halq 
xo‘jaligiga  keltiradigan  zarari  va  foydali  tomonlarini  o‘rganish  asosiy 
maqsad  qilib  qo‘yilgan,  talabalar  tomonidan  egallangan  bilimlarni 
mustahkamlash  uchun  har  bir  amaliy  mashg‘ulot  ularga  xos  bo‘lgan 
rasmlar bilan bezatilgan. Mavzu oxirida talabalar bilimini nazorat qilish 
uchun  mavzuga oid savollar berib borilgan. Ushbu  qo‘llanma hayvonot 
dunyosiga  mansub  eng  muhim  9  ta  tipni  o‘z  ichiga  oladi  va  ular  24  ta 
amaliy mashg‘ulot tarzida berilgan.  
Qo‘llanma  qishloq  xo‘jalik  oliygohlari  bakalavr  yo‘nalishi 
talabalari uchun mo‘ljallangan.  
Qo‘llanmada  uchrashi  tabiiy  bo‘lgan  ayrim  xato  va  kamchiliklar 
bo‘yicha  kitobxonlarning  fikr  –  mulohozalarini  hamda  qo‘llanmani 
sifatini  yanada  yaxshilash,  mazmunini  boyitish    maqsadida  beriladigan 
taklif va fikrlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.   
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə