A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
Tashqi tuzilishi:
 Baqa bosh, tana,  bir juft oldingi va bir juft orqa oyoq 
qismlaridan tashkil topgan. Tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi 


104 
 
boshga  qo’shilib  ketadi.  Ularda  bo’yin  deyarli  bo’lmaydi.  Tanasi 
yalangoch teri bilan qoplangan, shox, suyak tangachalar bo’lmaydi. 
 
Epidermisda  ko’p  hujayrali  shilimshiq  modda  ishlab  chiqaruvchi 
bezlar  ko’p.  Bu  bezlar  terini  qurib  qolishdan,  zararli  mikroorganizmlar 
bilan  zaharlanishdan  saqlaydi,  ba’zilarida  himoya  uchun  hid  ham 
chiqaradi. 
 
Baqaning  terisi  boshidan  oyog’igacha  gavdaga  yopishmagan 
bo’lib, shu joylarda limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar bo’ladi. 
 
Skeleti :
 bosh, umurtqa pog’onasi, erkin oyoqlar va ularning 
kamar  skeletidan  tashkil  topgan.  Umurtqa  pog’onasi  bo’yin,  tana, 
dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi. Bo’yinda faqat bitta umurtqa 
(corvicalis)  bor.  Tana  umurtqalari  7  ta  bo’lib,  oldingi  tomondan  botiq, 
orka tomoni bo’rtib chiqqan - prosel tipda bo’ladi. Qovurg’alari yo’q. 
Dumg’aza bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Dum umurtqalari bir-
biriga qo’shilib, dum suyakchasi - urostilni hosil qiladi. 
Bosh  skeletining  miya  qutisi  asosan  tog’aydan  tuzilgan.  Miya 
qutisining qoplovchi suyaklari bir-biriga qo’shilib ketgan. 
Tepa,  peshona  suyagi,  burun  suyagi,  keyingi  tomondan  o’rab 
turuvchi  tangacha  suyaklari  va  miya  qutisining  tagi  hosil  qiladigan 
parasfenoid va juft dimog’ suyaklari kiradi. 
Visseral  skeletning  tanglay  va  qanotsimon  suyaklari  ham  bosh 
skeleti  tagini  hosil  qilishda  ishtirok  etadi.  Ustki  jag’  vazifasini  jag’ 
oraliq va ustki jag’ suyaklari bajaradi. 
Harakat  organlar  skeleti  ikki  qismdan,  oldingisi  yelka  kamari  va 
erkin  qo’l  skelet  suyaklari,  orqadagisida  chanoq  va  erkin  oyoq  skelet 
suyaklaridan tashkil topgan. 
Yelka kamari yoy shaklida bo’lib, kurak usti tog’ayi, kurak suyagi 
karokoid va prokarokoiddan tashkil topgan. Yoy o’rtasida to’sh suyagi, 
to’sh oldi suyagi bor.  
Chanoq  kamari  juft  yonbosh,  qo’ymich  suyaklaridan  va  tog’ay 
holiga kelgan qov elementlaridan iborat. 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə