A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Ayirish  organlari:
  Havo  pufakchasi  ustida  umurtqalarning  yoni 
bo’ylab  joylashgan  uzun  lentasimon  shakldagi  metanefritik  buyrakdan 
iborat. Buyraklarning ichki qirrasidan bir juft siydik yo’li  - Volf kanali 
boshlanadi.  Bu  kanallar  pastroqda  o’zaro  qo’shilib,  siydik  pufagiga 
qo’shiladigan bitta umumiy kanal hosil qiladi. 
 
Ko’payish  organi:
  Erkagining  juft  urug’donlari  ichida  bo’shlig’i 
bo’ladi.  Urug’donlarida  maxsus  teshiklar  bilan  siydik-tanosil  so’rg’ichi 
orqali tashqariga ochiladigan umumiy chiqarish yo’li bo’ladi. 
Urg’ochisida  alohida  chiqarish  yo’li  yo’q.  Shuning  uchun  uning 
tuxumdoni  to’g’ridan-to’g’ri jinsiy teshikka ochiladi. Volf kanali faqat 
siydik  yo’li  vazifasini  bajaradi.  Ikralari  kichik,  urug’lanishi  tashqi 
bo’ladi. 
 
Sistematikasi:
  20  mingdan  ziyod  turlari  bor.  3  ta  kenja  sinfga 
bo’linadi. 


100 
 
1.
 
Sho’laqanotlilar. 
2.
 
Chutkaqanotlilar. 
3.
 
Ikki xil nafas oluvchilar. 
Sho’laqanotlilar 4 ta katta turkumga bo’linadi: 
1.
 
Tog’ayli ganoidlar. 
2.
 
Suyakli ganoidlar. 
3.
 
Suyakdor baliqlar. 
4.
 
Ko’p qanotlilar. 
Hozirgi  baliqlarning  90%  i  suyakdor  baliqlar  k\turkumiga 
talluqlidir. Bularning asosiylari: 
A. Seldsimonlar. 
B. Karpsimonlar. 
V. Ilonbaliqlar. 
G. Cho’rtansimonlar. 
D. Olabug’asimonlar. 
Ye. Treskasimonlar. 
Suv muhitining ham har xilligini hisobga olganda baliqlarni uchta 
ekologik guruhga bo’lish mumkin. 
1.
 
Pelagik. 2. Abissal. 3. Litoral. 
 Pelagik  baliqlar  suv  bag’rida,  abissallar  suv  qirg’oqlari  va  tubi  bilan 
bog’langan, ular suv tubida, katta chuqurlikda yashashadi. 
Skeleti:
  asosan  suyakdan  tashkil  topgan,  qisman  suyakdan  tashkil 
topganlari ham asta-sekin suyakka aylanadi. 
Ba’zi suyaklar tog’ay to’qimaning o’rnini suyak to’qima olish bilan, 
boshqa  birlari  esa  terining  biriktiruvchi  to’qimasining  rivojlanishidan 
hosil  bo’ladi.  Shu  sababli  birinchisi  asosiy,  ikkinchisi  qoplovchi 
suyaklar deb yuritiladi.  
Bosh skeleti bosh miyani va sezgi organlarini himoyalovchi qutidan 
tashkil topgan. Bosh skeletining yuqori qismi juft burun, peshona, ensa 
suyaklaridan  iborat.  Paski  qismi  soshnik,  parasfenoid  va  asosiy 
suyakdan  iborat.  Oldingi  qismi  sezgi  organlarini  himoyalovchi 
kapsuladan,yon tomondan ko’zni himoyalovchi bir qancha (odatda 5 p) 
quloq va muvozanat suyakdan tashkil topgan. 
Visseral  skelet  bir  qancha  jabra  yoyidan  va  ovqat  hazm  qilish 
organlarining himoyalovchi suyaklardan iborat.  
Umurtqa  pog’onasi  bir  qancha  ikki  tomonlama  bo’rtiq  -  amfisel 
umurtqadan iborat bo’lib, ikki umurtqa orasida xorda qoldig’i saqlangan. 


101 
 
Harakat  organi  skeletlari  odatda  toq  (yelka,  anal,  dum)  va  juft 
(ko’krak va qorin) suzgich suyaklaridan iborat. Rasm 10.11. 12 
 
 
 
 
55-rasm.  Okun balig’i skeleti. 
1.
 
Suzgich nurlari; 2. Suzgich nurlari asosi; 3 Umurtqa pog’onasi 
4.
 
Jabra qopqog’i; 5.Ko’z kosasi; 6. Ko’krak so’zgichi; 7. Yelka kamari 
8.
 
Qorin so’zgichi; 9. Tos kamari; 10.Yelka so’zgichi;11. Anal so’zgichi 
12.Dum so’zgichi 
 
 
 
 
 
 


102 
 
 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə