Mavzu: qo‘lning topografik anatomiyаsi



Yüklə 29,32 Kb.
səhifə1/7
tarix05.06.2022
ölçüsü29,32 Kb.
#88885
  1   2   3   4   5   6   7
oxta 2


Mavzu:  QO‘LNING TOPOGRAFIK ANATOMIYАSI
Qo‘l (extremitas superior) yelka kamari, yelka, tirsak, bilak va qo‘l panjasi sohalaridan iborat. Yelka kamari 4 ta sohani o‘z ichiga oladi:1) kurak sohasi, 2) o‘mrov osti sohasi, 3) qo‘ltiq osti sohasi, 4) deltasimon soha. Kurak sohasi, regio scapularis. Chegaralari:
 yuqorigi chegara – akromial o‘siqni VII bo‘yin umurtqasining o‘tkir qirrali o‘sig‘i bilan tutashtiruvchi chiziq,
pastki chegara – kurak burchagi orqali o‘tkazilgan gorizontal chiziq,
ichki chegara – kurakning medial qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tkazilgan chiziq,
tashqi chegara – akromial o‘siqdan pastga tortilgan vertikal chiziq tortilsa.
Qavatma-qavat tuzilishi.
1.Teri qalin, siljishi chegaralangan.
2.Yuza fassiya yaxshi rivojlanmagan.
3.Xususiy fassiya – yuza muskullarni qoplaydi.
4.Mushak qavati: yuza qavat muskullar: m.latissimus dorsi va m.trapezius.
5.Chuqur fassiya (fascia supraspinata et infraspinata) qirra usti va qirra osti suyak-fibroz o‘rindiqlarini hosil qiladi.
6.Xususiy mushak qavati: m.supraspinatus (muskul ostidagi kletchatkada a.suprascapularis bilan venalari va n.suprascapularis joylashadi), m.infraspinatusmm.teres major et minor (muskullar ostidagi kletchatkada, bevosita kurak suyagining ustida kurak osti arteriyasining shoxi bo‘lgan kurakni o‘rovchi arteriya a.circumflexa scapulae joylashadi).
7.Kurak suyagi.
8.Kurak osti fassiyasi (fascia subscapularis). Bu fassiya kurak suyagining chekkalariga birikishi natijasida uchinchi suyak-fassiya o‘rindig‘i vujudga keladi.
9.Kurak osti muskuli (m.subscapularis).
10.Kurak oldi bo‘shlig‘i g‘ovak kletchatkasi (kurak oldi bo‘shlig‘ining orqa yorig‘i orqali qo‘ltiq osti chuqurchasi bilan tutashadi). M.serratus anterior bilan ko‘krak qafasi orasida kurak oldi bo‘shlig‘ining oldingi yorig‘i bo‘lib, u rombsimon muskullar ostiga ochiladi.

Yüklə 29,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə