Ma’ruza №2. Topografik kartalarni barpo etishda fotogrammetrik usullar haqida tushunchA



Yüklə 178,29 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü178,29 Kb.
#167966
  1   2   3   4   5   6   7
TOPOGRAFIK KARTALARNI BARPO ETIShDA FOTOGRAMMETRIK USULLAR


MA’RUZA №2. TOPOGRAFIK KARTALARNI BARPO ETIShDA FOTOGRAMMETRIK USULLAR HAQIDA TUShUNChA
REJA:
1. Topografik karta barpo qilish foydalaniladigan usullar tahlili va ulardan foydalanish.
1. GAT texnologiyalari bo‘yicha karta tuzish usullari raqamli karta tuzish usuliga asoslangan. U uchta jarayon ya’ni ma’lumot yig‘ish, modellashtirish vasaqlash hamda ma’lumotni taqdim etishdan iborat. Bunga quyidagi ishlarni bajarish kiradi.

  1. Fotogrammetrik ma’lumotlari yig‘ish.

  2. Dalada o‘lchangan qiymatlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish.

  3. Aerosuratni ortofototransformatsiyalash

  4. Raqamli karta tuzish.

  5. Raqamli kartografik ma’lumotlarnii shlab chiqish.

  6. Karta bosib chiqarish.

Ushbu ishlarni bajarish uchun quyidagi ma’lumotlar zarur bo‘ladi.

  1. Masshtabi 1:8 000 va 1: 40 000 li bo‘lgan o‘lchami 23x23 sm li oq qora rangdagi aerosuratlar

  2. Ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra aerofotos’yomka qilish
    imkoniyati bo‘lmagan hollarda taxeometrik s’yomka materiali
    vektor ko‘rinishida grafik formatlar DXF, DON faylari
    orqali beriladi.

  3. Kartografik materiallar grafik shaklda beriladi.

  4. Koordinatlar va tayanchn uqtalar katalogi fayl shaklida mashinali tarqatuvchi va qog‘oz hujjat shaklida berilishi mumkin.

Avtomatlashtirilgan tizim bo‘yicha masshtabi 1:8000 li bo‘lgan aerosuratdan foydalanib 1km2 maydonni egalagan masshtabi 1:2000 karta hosil qilinadi. Masshtabi 1: 40000 li aerosuratdan foydalanib 20 kvadrat km maydonni egalagan masshtabi 1: 10000 li karta hosil qilinadi. Kartada quyidagi ob’ektlar ko‘rsatiladi.

  1. Geodezik punktlar

  2. Yer kadastri ob’ektlari

  3. Siyosiy ma’muriy bo‘linish maydonlari

  4. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan еr uchastkalari

5. Turli еr turlarini chegaralari
6. Ko‘chmas mulk ob’ektlari
7. Muhandislik inshootlari.
8. Transport ob’ektlari
9. Gidrotexnik inshootlar va suv ta’minlash ob’ektlari.
10. Aholi punktdagi ko‘chalar
11. Tomorqa еrlari
12. Gidrografiya ob’ektlari
13. Botqoq va sho‘rli еrlar
Avtomatlashtirilgan tizim bo‘yicha tuzilgan kartalar grafik shaklda 5-10 nusxada qog‘ozga chiqariladi. Poligrafik bosib chiqarish ko‘zda to‘g‘ilmagan. O‘lar kulrangli yuqori sifatli. Chiziqli inshootlar bo‘yalgan poligon sifatida ko‘rsatiladi. Shtrixli chiziqlar 0,04 mm kam yoki ko‘p bo‘lmasligi kerak. Kartada koordinata turi va izohlar beriladi. Raqamli kartalar ob’ekt to‘g‘risida koordinatali ma’lumotlar standart formatda fayl ko‘rinishida beriladi (DGN, DXF, DBF). Fotokartalar aniqligiga qo‘yilgan talablar oddiy uso‘lda, berilgan masshtabda tuzilgan kartalarga qo‘yilgan talab bilan bir hil. Avtomatlashtirilgan usul bo‘yicha to‘ziladigan kartalarnii shlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun 6 ta turli kartografik programma paketlaridan foydalaniladi.

  1. Fototriangulyatsiya

  2. Fotogrammertik ma’lumotlarni yig‘ish

  3. Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish

  4. Kartografik ma’lumotlarni ishlab chiqish

5. Ortofototransformatsiyalash
6. Kartani bosib chiqarish





Yüklə 178,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə