Ma’ruza №2. Topografik kartalarni barpo etishda fotogrammetrik usullar haqida tushunchA



Yüklə 178,29 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü178,29 Kb.
#167966
1   2   3   4   5   6   7
TOPOGRAFIK KARTALARNI BARPO ETIShDA FOTOGRAMMETRIK USULLAR

Raqamli karta tuzishda quyidagii shlar bajariladi.

  1. Qog‘ozga tushirilgan turli masshtabdagi rangli raqamli kartalar

  2. Plastikaga tushirilgan karta varaqlarini nusxasi va asli

  3. 2 mm qalinlikdagi metallga tushirilgan kartani asli.

Fotogrammetrik skanerlarni ishlash prinsiplarini
o‘rganish.
Hozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish ikki usulda: еrda geodezik ishlarni olib borish va joyning masofadan turib olingan rasmini deshifrovka qilish (o‘qish) natijasida olib borilmoqda. Bunday rasmlar еrning turli sun’iy yo‘ldoshlaridan - kosmik kemalardan, samalyotlardan, vertolyotlardan olingan yarim tonalli - rangliga o‘xshash, yoki oќ-ќora kosmik va aerofotosuratli tasvirlardan iborat.
Yer resurslarini kompleks kartaga olish ishlari ma’lum texnologik yo‘l bo‘yicha amalga oshiriladi .










Yer resurslari kartasini yaratishning blok-chizmasi
Ushbu chizmada bir nechta yirik tizimlar ajratilgan,masalan:
fotogrammetrik tizim. Oq-qora va rangli fotosuratlarni EHM xotirasiga kiritish, ularni raќamli ko‘rinishga aylantirish va ma’lum darajada ularga ishlov berish, so‘ngra ortofotoplanlarni (joy uchastkasi tasvirining ortogonal proeksiyasida) yoki shtrixli kadastr planlarini ћosil ќilish;

- ortofotoplan va kartalarni raќamlash tizimi – bu tizim yordamida plan va kartalar raќamli ko‘rinishga (vektorli holatga) o‘tkaziladi;


- kartografik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash va tasvirlash tizimi – joy yoki xududning rastrlangan tasviri orqali ularning raqamli modelini tuzish, vektorli ko‘rinishga aylantirish, mavzuli qatlamlarni tuzish, ma’lumotlar va elektron kartalar maxsus bazasiini yaratish, tayyor mahsulotni saqlash, rangli еr kadastri va boshqa turdagi mavzuli kartalarni tuzish uchun xizmat qiladi.

Oxirgi ikki tizim mazkur qo‘llanmaning keyingi boblarida batafsil ko‘rib chiqiladigan mavzu bo‘lishini hisobga olib, fotogrammetrik tizim tarkibiga kiruvchi aloћidagi jarayonlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz. Bularga:


1. Joyni aero- va kosmik suratga olish.
2. Tayanch nuqtalarni planli va balandlikli bog‘lash bo‘yicha olib boriladigan geodezik ishlar.
3. Ma’lumotlarga fotogrammetrik ishlov berish.
1. Yer yuzasining aero- va kosmik fotosuratlari aerofotoapparatlar yordamida olinadi, so‘ngra negativlardan kontaktli yoki proeksion usullar bilan qog‘oz yoki deformatsiyalanmaydigan plyonkalarda diapazitivli fotonusxalar tayyorlanadi. Keyingi yillarda suratga olishda raqamli aerofotokameralardan foydalanilmoqda .
U lar yordamida hududning yoki biror joyning raqamli tasvirini olish va keyinchalik uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga kiritish mumkinligi, nafaqat rasmlarga kimyoviy ishlov berish, hatto skanerlash bosqichida tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish jarayonlari chetlab o‘tilmoqda. Ular oddiy fotokameralar kabi ishlaydi, lekin ularda fototasvirni elektr signallarga aylantiruvchi fotosezgir elementlar ishlatiladi. Signallar kodlangach, ular fotokamera hotirasida saqlab qolinadi va istalgan paytda tasvirlar kompyuterga yozib olinishi mumkin. Keyinchalik fototasvirlarga maxsus grafik redaktorlar yordamida ishlov beriladi va ular printer yoki plotterlardan ashrќilinishga uzatiladi. Agar ishga sifatli fotokameralar jalb qilinsa, skanerlar va nusxa ko‘chirish qurilmalaridan voz kechsa ham bo‘ladi.
Hozirgi paytda fototasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, asosan, fotomateriallarni skanerlash bilan amalga oshirilmoќdi. Fotomateriallar sifatida negativlar, diapazitivlar va rulonli aerofilmlar ishlatilmoќda.
Aerofoto va kosmik tasvirlarga qayta ishlov berish uchun foydalaniladigan skanerlar juda ќimmat turadi. Bunday skanerlarga nihoyatda katta talablar ќo‘yiladi: ruhsat etilgan tiniqligi 10 m km gacha, aniqlik darajasi 2-3 mkm (0,02-0.03mm), skanerlash formati – 24x24 sm. Bu ishlarni bajarishda ayrim skanerlarning gorizontal va vertikal ko‘rish tiniqligi turli ekanligini ham e’tiborga olish kerak. Shu sababli keng tarqalgan Hewlet Packard skanerlari еtarli darajada ishonchli va ishlatilishi ancha sodda. Arzon skanerlardan Mustek firmasi ishlab chiqaradigan skanerni misol tariqasida keltirish mumkin (rasm).
GermaniyaningZeiss va AQSh ning Intergraph firmalari birlashib ћosil ќilgan Z/I korporatsiyasining Potoskan-2001 fotogrammetrik skanerini so‘ngi modellardan biri deb hisoblasa bo‘ladi. Fotoskan-2001 bugungi kundagi skanerlarning eng yahshisi bo‘lib, piksel aniqlik darajasining o‘rtacha kvadratik hatosi 2 m km dan oshmaydi.

Yüklə 178,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə