Reja: Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 212,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix10.06.2023
ölçüsü212,03 Kb.
#116493
  1   2   3
1-amaliy (5)



1-MAVZU YER TUZISHDA GEODEZIK ISHLAR FANINING MAQSAD VA 
VAZIFALARI
 
Reja: 
1.
 
Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari. 
2.
 
Yer tuzishda geodezik ishlar fanining tarixi. 
Tayanch so‘zlar
: yer, globus, aerosurat, karta, plan, sistema, profil, Beruniy, Krasovskiy 
ellipsoid, Pifagor. 
1.Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari 
Geodeziya - yunoncha so‘z bo‘lib, geo - Yer, deziya - o‘lchash, bo‘lish ma’noni 
bildiradi. geodeziya - Yerning shakli va o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va 
kartalarda tasvirlash hamda har xil injenerlik masalalarini yechishda bajariladigan 
o‘lchash usullari to‘g‘risidagi fandir. Geodezik o‘lchashlar yer sirtida, dengizlarda
koinotda va yer ostida burchak, masofa va balandliklarni o’lchash asboblari yordamida 
olib boriladi. Jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra yer tuzishda geodezik ishlar fani ham rivojlanib 
bir necha mustaqil fanlarga bo‘lindi: 
Oliy geodeziya - butun Yer sirtini yoki uning katta qismlarini shakli va 
o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtida ayrim nuqtalar koordinatalari va balandliklarini yagona 
sistemada topish, yer qobig‘ining gorizontal (yotiq) va vertikal siljishini o‘rganish kabi 
masalalarni hal qiladi. 
Geodeziya yoki topografiya - Yer sirtining katta bo‘lmagan bo‘laklarining karta va 
planlarini tuzish, hamda nuqtalarni balandliklarini aniqlash, ularning profili (vertikal 
kesimi) ni tasvirlash usullari bilan shug‘ullanadi. 
Injenerlik geodeziyasi - injenerlik inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va 
foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o‘rganishi bilan shug‘ullanadi. 
Fototopografiya yoki aerofotogeodeziya - Yer sirtini suratga olish va topografik karta, 
planlarni yerning foto va aerosuratlari orqali tuzish usullarini ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadi. 
Kartografiya - kartalarni tuzish, nashr qilish va ulardan foydalanish usullarini 
o‘rganadi. Kosmik geodeziyasi - yerning sun’iy yo’ldoshdan turib, yer shaklini aniqlash 
va uning sirti suratini olish usullarini o‘rganuvchi fandir. Xalq xo‘jaligidagi har hil 
masalalarni yechish maqsadida Yer sirtidagi o‘lchashlar, ular natijalarini ishlab chiqish, 
plan, karta va profillar tuzish orqali Yerning sirti uning shakli va o‘lchamlari o‘rganib 
chiqiladi. 
Shuning uchun Yer tuzishda geodezik ishlar fanining vazifalari quyidagilarni 
tashkil qiladi: 
1.Maxsus geodezik asboblar yordamida yer sirtida o‘lchashlarni bajarish usullarini 
o‘rganish. 
2.O‘lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM yordamida ishlab chiqish 
usullarini o‘rganish. 
3.Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylashtirish usullarini 
o‘rganish. 
4.Turli injenerli masalalarni yechishda o‘lchash natijalari va grafik chizmalarni qo‘llash. 



Yüklə 212,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə