Reja: Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 212,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix10.06.2023
ölçüsü212,03 Kb.
#116493
1   2   3
1-amaliy (5)

Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 
yy.) o‘z hayotida yozgan 
150 ta asaridan 40 tasini Geodeziya faniga bag‘ishlab, boy va qimmatli ma’lumotlar 
qoldirgan. 
Beruniy hisobi bo‘yicha Yep radiusi 6339,58 km bo‘lib
, hozirgi vaqtda 
ishlatilayotgan (
Krasovskiy ellipsoidi
) qiymat- 6371,11 km dan farqi atiga 31,5 km ni 
tashkil qiladi. 
Sanoat inshootlarni (zavodlar, fabrikalar, elektrostansiyalar va h.k.) temir va 
avtomobil yo‘llarni, shahar va qishloq aholi punktlarni, aerodom-larni, yer osti inshootlar 
(metropoliten, shaxta, quvur yo‘llarni) loyihalash va qurish uchun muhim masalalarni hal 
qilishda Yer tuzishda geodezik ishlar fanini ahamiyati juda kattadir. 
Geodezik o‘lchamlar suv omborlari va kanallarini loyihalash hajmlarini aniqlash, 
to‘g‘onlarning cho‘kishi va siljishi jarayonini baholash kabi masalalarni hal qilishda ham 
qo‘llaniladi. Yer tuzishda geodezik ishlar fani yerni bo‘lish, uni hisobga olish, ona 


zaminni muhofaza qilish, yerdan unumli foydalanish, yer kadastrini o‘tkazish, tuproq, 
geobatonika va boshqa qidiruv ishlarini olib borishda keng qo‘llaniladi. 
Yer tuzishda geodezik ishlar fani matematika, astronomiya, elektronika, 
geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. 
Geodezik asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, o‘lchash natijalari 
esa matematik qoidalar bo‘yicha hisoblanadi. Yer sirtida nuqtalar o‘rni geografik va 
astronomik koordinatalar bo‘yicha belgilanadi. Yer shakli va uning o‘zgarishidagi 
jarayonlarni o‘rganishida Injenerlik geodeziyasi va geologiya kabi fanlardan 
foydalaniladi. Hozirgi davrda Yer tuzishda geodezik ishlar fani mexanika, avtomatika, 
informatika, elektronika fanlar bilan ham bog‘liq holda taraqqiy etmoqda Geodezik 
asboblar nazariy jihatdan fizika qonunlari asosida yasaladi, o‘lchash natijalari esa 
matematik qoidalar bo‘yicha hisoblanadi. Yer sirtida nuqtalar o‘rni geografik va 
astronomik koordinatalar bo‘yicha belgilanadi. Yer shakli va uning o‘zgarishidagi 
jarayonlarni o‘rganishida Geodeziya va geologiya kabi fanlardan foydalaniladi. 
Yer tuzishda geodezik ishlar o‘z taraqqiyotida yangi ma’no kashf etdi, zamonaviy 
asboblarga, geodezik o‘lchash va hisoblash usullariga ega bo‘ldi. Boshqa ko‘p injenerlik 
fanlar Yer tuzishda geodezik ishlarni bajarishga muhtoj. Yer tuzishda geodezik ishlar 
juda ko‘p muhim masalalar hal qilishda qo‘llaniladi. Plan, karta, profillar, suv 
yig‘iladigan maydonlar chegaralarini aniqlash, ularning yuzalarini hisoblash, suv 
omborlari, to‘g‘on quriladigan joylar o‘rnini belgilash jismlar hajmini hisoblash, 
sug‘orish va zax qochirish bilan bog‘lik gidrotexnika inshootlarini qidiruv, loyihalash
qurish va ishlatish uchun nihoyatda zarurdir. 
Nazorat savollari: 
1.
Yer tuzishda geodezik ishlarning asosiy vazifalari. 
2. Yer tuzishda geodezik ishlar fanni ilmiy vazifalari. 
3. Yer tuzishda geodezik ishlar tarmoqlarga bo‘linishi. 
4. Yer tuzishda geodezik ishlar boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 
5. Yer tuzishda geodezik ishlar qurilishdagi ahamiyati. 

Yüklə 212,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə