1-mavzu yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə1/3
tarix10.06.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#116495
  1   2   3
1-amaliy (3)

1-MAVZU YER TUZISHDA GEODEZIK ISHLAR FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI


Reja:

  1. Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari.

  2. Yer tuzishda geodezik ishlar fanining tarixi.

Tayanch so‘zlar: yer, globus, aerosurat, karta, plan, sistema, profil, Beruniy, Krasovskiy ellipsoid, Pifagor.
1.Yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari
Geodeziya - yunoncha so‘z bo‘lib, geo - Yer, deziya - o‘lchash, bo‘lish ma’noni bildiradi. geodeziya - Yerning shakli va o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtini plan va kartalarda tasvirlash hamda har xil injenerlik masalalarini yechishda bajariladigan o‘lchash usullari to‘g‘risidagi fandir. Geodezik o‘lchashlar yer sirtida, dengizlarda, koinotda va yer ostida burchak, masofa va balandliklarni o’lchash asboblari yordamida olib boriladi. Jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra yer tuzishda geodezik ishlar fani ham rivojlanib bir necha mustaqil fanlarga bo‘lindi:
Oliy geodeziya - butun Yer sirtini yoki uning katta qismlarini shakli va o‘lchamlarini aniqlash, yer sirtida ayrim nuqtalar koordinatalari va balandliklarini yagona sistemada topish, yer qobig‘ining gorizontal (yotiq) va vertikal siljishini o‘rganish kabi masalalarni hal qiladi.
Geodeziya yoki topografiya - Yer sirtining katta bo‘lmagan bo‘laklarining karta va planlarini tuzish, hamda nuqtalarni balandliklarini aniqlash, ularning profili (vertikal kesimi) ni tasvirlash usullari bilan shug‘ullanadi.
Injenerlik geodeziyasi - injenerlik inshootlarni qidiruv, loyihalash, qurish va foydalanishda bajariladigan geodezik ishlar usullarini o‘rganishi bilan shug‘ullanadi. Fototopografiya yoki aerofotogeodeziya - Yer sirtini suratga olish va topografik karta, planlarni yerning foto va aerosuratlari orqali tuzish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Kartografiya - kartalarni tuzish, nashr qilish va ulardan foydalanish usullarini o‘rganadi. Kosmik geodeziyasi - yerning sun’iy yo’ldoshdan turib, yer shaklini aniqlash va uning sirti suratini olish usullarini o‘rganuvchi fandir. Xalq xo‘jaligidagi har hil masalalarni yechish maqsadida Yer sirtidagi o‘lchashlar, ular natijalarini ishlab chiqish, plan, karta va profillar tuzish orqali Yerning sirti uning shakli va o‘lchamlari o‘rganib chiqiladi.
Shuning uchun Yer tuzishda geodezik ishlar fanining vazifalari quyidagilarni tashkil qiladi:
1.Maxsus geodezik asboblar yordamida yer sirtida o‘lchashlarni bajarish usullarini o‘rganish.
2.O‘lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM yordamida ishlab chiqish usullarini o‘rganish.
3.Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylashtirish usullarini o‘rganish.
4.Turli injenerli masalalarni yechishda o‘lchash natijalari va grafik chizmalarni qo‘llash.

Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə