1-mavzu yer tuzishda geodezik ishlar fanining maqsad va vazifalari


Yer tuzishda geodezik ishlar fanining tarixi



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə2/3
tarix10.06.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#116495
1   2   3
1-amaliy (3)

2. Yer tuzishda geodezik ishlar fanining tarixi
Ma’lumki, Yer tuzishda geodezik ishlar ham boshqa fanlar kabi hayotiy talablar asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan tobora rivojlanib borgan. Inson qadimdan o‘zi yashagan joyni hayot talabiga ko‘ra har tomonlama bilishga qiziqqan va o‘rgangan. Geodeziya Injenerlik geodeziyasi tarixi ham shunday boshlanadi.
Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimiy Misr, Mesopotamiya, Xindiston, Xitoy, Gresiya, O‘rta Osiyo va boshqa mamlakatlar xalqlari o‘z ehtiyojlari uchun dehqonchilik qilish va sug‘orish kanallarini qazish, turli bino va inshootlarni qurish, ekin maydonlarini o‘zaro taqsimlash kabi masalalarni yechishda geodezik o‘lchashdan foydalangan.
Masalan, miloddan 4000 yil ilgari Misrdagi Nil daryosi havzasida yerni o‘lchash ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan qo‘shish maqsadida kanal qurilishi miloddan VI asr ilgarigi vaqitga taalluqlidir. U vaqtlarda s’yomkaning bazi bir usullarigina ma’lum edi. Yunonistonlik olim Eratosfen miloddan 230 yil ilgari Yer sharining o‘lchamlarini aniqlagan va Geodeziyadan maxsus kitob yozib, meridianlar va parallellar ko‘rsatilgan karta tuzgan. Ptolomey tomonidan proyeksiyalash usullari joriy qilinib, Yevropa va Osiyo kartalarini tuzishda ulardan foydalanilgan. Miloddan 7 - 6 asr ilgari hozirgi Iroq janubida yashagan holdeylar Yerni shar deb faraz qilib, uning radiusi R uzunligini hisoblab chiqdilar. Miloddan 6 asr ilgariyoq Pifagor Yerni shar shaklida deb aytganligi fanga ma’lum. IX asrda Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, Bag‘dodda „Hikmat uyi“ nomli ilmiy markaz tuzildi. Unda O‘rta Osiyolik „Yer surati“ nomli asar muallifi algebra fanining asoschisi Al-Xorazmiy hamda Al-Farg‘oniy, Al-Marvoziy, Al-Marvarudiy kabi olimlar ham ishladi. Xalifa Xorun Al-Rashid o‘g‘li Al-Ma’mun farmoyishiga binoan, 827 yili „Hikmat uyi“ a’zolaridan ikkita ekspeditsiya tuzildi. Yer o‘lchamlarida bo‘lgan tafovutni bartaraf qilish uchun ularga „gadus o‘lchash usuli“ ni ishlatib, Yer o‘lchamlarini aniqlash ishi topshirildi. Ular meridianning bir gradus yoy uzunligini o‘lchab, ishni 56,0 milya (110,5 km) va 56,66 milya (111,82 km) natija bilan yakunladilar va hisoblashlar uchun 111,82 km natija olindi Geodeziya fani matematika, astronomiya, elektronika, geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq.
Xorazmlik ulug‘ olim
Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə