Shahar xududida jarliklar va ularning paydo bo‘lishi



Yüklə 15,03 Kb.
tarix27.01.2023
ölçüsü15,03 Kb.
#99490
shahar hududida vertikal


SHahar xududida jarliklar va ularning paydo bo‘lishi.
Jariiklar joyning tabiiy sharoiti hisoblanib, jarliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi fizik-geologik jarayonlar natijasida bo‘lib, hudud sirtini o‘zgarishiga va relyefning stabil holatining buzilishiga olib keladi. Jarliklarning paydo bo‘lishi tuproq eroziyasi va yer sirtini yomg‘ir-qor suvlari natijasida yuvilishidir. Bu jarayondan so‘ng jarlik tubining asta-sekin yuvilishi va chuqurlashuvi hamda
qiyaliklarining kengayishi ko‘zatiladi. Jarliklarning paydo bo‘lishiga qiyaliklarning nishabi va shakli, iqlim sharoiti, atmosfera yog‘inlari, grunt va madaniy qatlamning tafsilotlari, sizot suvlarining mavjudligi va h.k. ta’sir qiladi. Jariiklar mavjud hududlarning shaharsozlik nuqtayi nazaridan baholash va injenerlik tayyorgarligining vazifalari. Shahar hududida jarliklarning mavjudligi hududni shaharsozlik maqsadlarida noqulay yoki alohida noqulayligini tavsiflaydi. Faqatgina jarliklarning chuqurligi 3 m dan oshmaydigan, soni unchalik ko‘p bo‘lmagan va ularning rivoj-lanishi ko‘zatiimaydigan holatlarda shahar hayoti va qurilish uchun qulay deb e’tirof etiladi.
Shaharsozlik nuqtayi nazaridan shahar hududida jarliklarning mavjudligi va ular-ning rivojlanishi quyidagi sabablarga ko‘ra shaharsozlik uchun ziddir:
a) shahar hududini bo‘lib qo‘yadi va uning loyihaviy yechimini qiyinlashtiradi;
b) turli funksional zonalarning o ‘zaro aloqasini yomonlashtiradi;
d) turarjoy hududlarida noqulay va yaroqsiz joylarning mavjudligi, loyiha, qurilish va ekspluatatsiya iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi;
e) jarliklardan o‘tish uchun ko‘prik va boshqa inshootlarga talab;
f) binolar, inshootlar, ko‘cha-yo‘l va yer osti injenerlik tarmoqlarining jariiklar rivojlanishi natijasida buzilishi xavfi;
g) jariiklar rivojlanishini to‘xtatish maqsadida maydonlarni quritish bilan madaniy qatlarnning qurishi va bu narsaning ko‘kalamzorlarga, ayrim hollarda binolar ustu-vorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
h) daryo va vodiy irmoqlarining jarliklardan chiqayotgan grunt massasi bilan iflos-lanishi.
Shaharni loyihalashda, jarliklarning mavjudligi va ulardan foydalanish. loyihalash va qurilish masalalarini yechish jarayonida bir necha variantda o‘rganiladi:
a) jariiklari mavjud qurilish va boshqa maqsadlar uchun yaroqsiz maydonlarni jarliklarni tabiiy holda saqlash bilan Shaharning umumiy maydonidan ajratish;
b) jarliklarni shaharsozlik maqsadlarida foydalanish uchun yaroqsizligini e ’tirof etgan holda, ularning shahar infrastrukturasiga ko‘rsatuvchi xavfini cheklovchi injenerlik tadbirlarni qo‘llash bilan bu maydonlarni Shaharning umumiy maydoni-dan chiqarish;
d) jarliklardan shaharsozlikda maxsus injenerlik tadbirlarini bajargan holda foyda-lanish mumkinligini;
e) jarliklardan shaharsozlikda maxsus injenerlik tadbirlarini bajarmagan holda, odatdagi obodonlashtirish ishlari orqali foydalanish mumkinligini ta’minlash.
Tabiiyki, qurilish uchun noqulay yerlar Shaharning yoki turar joyning umumiy maydoniga kirib, undan shaharsozlik maqsadlarida unumli foydalanish uchun bu hududlarda injenerlik tayyoigarligi bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi.
Jariiklar va ularning.rivojlanishi bilan kurashish tadbirlari ikkita maqsadni ko‘zlaydi: shahar bino va inshootlarini shikastlanishdan saqlash va jarliklardan shaharsozlik maqsadlarida noqulay yerdan qulav yerga aylantirish evaziga foydalanish. Birinchi masala, jariiklar paydo bo‘lishi va rivojlanishini
bartaraf etish bilan yechiladi. Ikkinchi masala jarliklardan shaharsozlikda aniq maqsadlarda foydalanish uchun injenerlik tadbirlarini qo‘llash orqali yechiladi.
Jariiklar mavjud hududlarda injenerlik tayyorgarligining umumiy vazifalari quyidagilardir:
a) shahar hududi va uning zaxiraviy yerlarida jariiklar rivojlanishini oldini olish;
b) shahardagi bino va inshootlar faolyatiga xavf tug‘diradigan, rejaviy yechimlarni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan jarliklarni yo‘qotish;
d) mavjud relyef holatini (shakli va o‘lchamlari, qiyaliklarning stabilligi va h.k.) saqlash maqsadida rivojlanayotgan jariiklar bilan kurashish;
e) shaharsozlik maqsadlarida foydalanish uchun jarlikli hududlarda injenerlik tayyorgarligi ishlarini amalga oshirish. Bajariladigan ishlarning turi va hajmi jarliklarni sharharning qaysi hududida joylashgan!igiga bog‘liq. Shaharning shakllangan qismlarida jarliklarni yo‘qotish bajariladigan ishlarning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, ularni tabiiyligini saqlagan holda, shaharsozlikda foydalanish mumkin bo‘lgan variantlardan kelib chiqiladi va bu yerlarda injenerlik tayyorgarligi hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yangi o‘zlashtirilayotgan hududlarda bunday tadbirlar shahar hududini rejalash bosqichida, ya’ni bosh rejada ko‘zda tutiladi. Jarlik mavjud hududdan foydalanish vazifasidan kelib chiqqan holda uni injenerlik tayyorlash ishlari masalalari hal qilinadi. Jariiklar ko‘p tarqalgan joylarda, har bitta jarlik o‘zining tafsilotlari bilan ko‘rsatilgan holda shaharning maxsus xaritasini tuzish maqsadga muvofiqdir. Ushbu xaritada injenerlik tayyorgarligi ishlari va har bitta jarlikdan shaharsozlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha tadbirlar ko‘rsatilishi lozim.
Siljish
Respublikamizning ko‘pgina hududlarida siljish hodisasi qayd etiladi. Siljish - vodiylarda, tog‘ yon bag‘irlarida va umuman, nishabligi sezilarli joylarda zilzila yoki boshqa turdagi dinamik ta’sirlar natijasida yer massasining o‘pirilishidir. Siljish jarayonini hosil qiluvchi sabablar ikkiga bo‘linadi:
passiv — qiyaliklarning geologik tuzilishi va joyning relyefi, qiyalikning nishabligi;
jadal — tashqi va sizot suvlari, atmosfera va seysmik hodisalar hamda siljish jarayonini jadallashtiruvchi inson faoliyati (qiyaliklarning binolar ta’sirida zo‘riqishi, qiyaliklarni kesish va h.k.)
Karst
Karst yoki karst jarayoni tog‘ jinslarining sizot suvlari ta ’sirida erishi, sho‘rlanish darajasining ortishi yoki mexanik yuvilishidir. Buning natijasida yer qatlarnida bo‘sh joylar, g‘orlar, vertikal quduq yoki voronka shaklida ochiq joylar paydo bo‘lib, yer sirtining cho‘kishiga va o‘pirilishlarga olib keladi.
Karst tez eruvchi jinslar-ohaktosh, dolomit, bo‘r, gips, bundan tashqari ba’zi g‘ovaksimon jinslar, ya’ni lyossimon gruntlar mavjud joylarda shakllanadi.


Karstli vertikal quduqlarning chuqurligi 2 m gacha va undan ortiq bo‘ladi. 15 metrlik karstli voronkalarning diametri 5—20 m va undan ham ortiq bo‘Iadi.
Yüklə 15,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə