Tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq



Yüklə 28,59 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü28,59 Kb.
#137459
Krossword - Crossword Labs



Krossword
Across
6.
tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida
muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq
darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul
massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida
tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi.
Down
1.
bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa
olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi.
2.
davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va
funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan
pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash
shaklidir.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19


7.
bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab
chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni
keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam
ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq
muddatli ijaraga berish.
9.
sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar
ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan
isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm.
11.
boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida
toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va
jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa
ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan
qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini
ifodalaydi.
12.
bitta sanoat tarmogʻidagi bir necha korxonalarning
uyushmasi boʻlib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish
vositalari va mahsulotlariga oʻz mulkiy egaligini saqlab
qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, yaʼni
mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir
ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning
boʻlib olinishi va h.k. boʻyicha kelishuv asosida amalga
oshiriladi.
14.
tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni
juda koʻp boʻlib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona
isteʼmolchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi
yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga Asakadagi
avtomobil zavodi yaqqol misol boʻla oladi. Mazkur yirik
korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab
chiqarishda zarur boʻlgan koʻplab ehtiyot va butlovchi
qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab
chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik
mavqeiga ega.
15.
bankka qoʻyilgan omonatlar.
17.
sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad
keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va
mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi
ko'paytiruvchi qiymat.
19.
tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish boʻlib, bunda
mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar
mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
3.
markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul
fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta
taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan
iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
4.
davlatning pul birligi bo‘lib, pul tizimining asosiy
elementi hisoblanadi. U muomaladagi qonuniy to‘lov
vositasi bo‘lib, tovarlar qiymatining o‘lchovi, hisoblash
va to‘lash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
5.
kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh
pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman
pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz
hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli
qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el
valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va
boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
6.
biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish.
Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol
ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi.
8.
bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan
biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning
shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor
muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning
iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi
subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy
jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib,
sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir
koʻrsatadi.
10.
tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini
belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
13.
bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
16.
bitta sanoat tarmogʻidagi bir necha korxonalarning
uyushmasi boʻlib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish
vositalari va mahsulotlariga oʻz mulkiy egaligini saqlab
qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, yaʼni
mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir
ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning
boʻlib olinishi va h.k. boʻyicha kelishuv asosida amalga
oshiriladi.
18.
davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini
taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot
va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga
aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy
manbai soliqlar hisoblanadi.

Yüklə 28,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə