Reja: Muloqot haqida tushuncha



Yüklə 22,78 Kb.
tarix12.12.2023
ölçüsü22,78 Kb.
#148784
portal.guldu.uz-Muloqot psixologiyasi


MULOQOT PSIXOLOGIYASI
REJA:
1. Muloqot haqida tushuncha.
2. Muloqot turlari va vazifalari.
3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari.
4. Muloqot - shaxslararo o`zaro ta`sir etish.
5. Muloqot insonlarning bir - birini tushunishi.
6. Muloqot texnikasi va usullari
MAVZU BO`YICHA TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Afaziya — bosh miya po`stloq qismidagi markazlar faoliyatining shikastlanishi natijasida nutqning buzilishi.
Dialogik nutq — ikki yoki undan ortiq ishtiroqchilar birday faol bo`lgan nutq turi.
Ichki nutq — insonning tovushsiz nutq faoliyatining o`ziga xos turi, tafakkurning asosiy quroli.
Identifikatsiya — o`zini boshqa kishining o`rniga qo`yish orqali unga tenglashtirish.
Kommunikatsiya (psixologiyada) — til yoki boshqa belgilar vositasida axborot berish.
Muloqot — ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasidagi axborot ayirboshlash, o`zaro ta`sir va bir - birini tushunishdan iborot jarayon.
Monologik nutq — bir kishining o`ziga yoki boshqalarga yo`naltirilgan nutqi.
Refleksiya — sub`ektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab etish.
Stereotiplashtirish — xulq - atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma`lum va mashhur deb sanalgan, ya`ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini izohlash.
Til — so`z belgilari yig`indisi.

1. MULOQOT HAQIDA TUSHUNCHA


Insonning uning o`rab turgan olamga o`zaro ta`siri ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo`ladi, ob`ektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh a`zolarining bu ob`ektiv o`zaro munosabatlari sub`ektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan munosabat o`rnatilmasa, ular bir - birini to`g`ri tushunmasdan to`laqonli, birgalikdagi faoliyatni tashqil eta olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak.
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o`zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashqil etish usuli sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog uchun g`oyat muhimdir. Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga qo`yishini ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish usullari yig`indisidir. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro munosabatlarni tashqil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o`qituvchi hamda o`quvchilar jamoasi o`rtasida munosabatlarni ta`minlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi.
PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI MULOQOT:
1. O`quv vazifalarini bajarish vositasi.
2. Tarbiyaviy jarayonni ta`minlashning ijtimoiy - psixologik tizimi.
3. Ta`lim va tarbiya jarayoni muvafaqqiyatini ta`minlovchi o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro munosabatlarini tashqil qilish usuli.
4. O`quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon bo`ladi.
Pedagog bu muloqotning o`quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita mazmunini tashqil etadi. Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o`rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo`luvchi o`zaro ta`sirdir.
2. MULOQOTNING TURLARI VA VAZIFALARI.
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o`rnatishi, o`zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti-kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o`zi yasagan predmetda o`zini “translyatsiya” qiladi, ya`ni o`zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (ko`rilgan bino, yozilgan qatorlar, o`tkazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o`zini ko`rsatadigan vositadir. CHunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. SHunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashqil etadi.
3. MULOQOTNING VERBAL VA NOVERBAL VOSITALARI
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o`rtasidagi kommunikatsiyani ta`minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir - birini to`g`ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga ega bo`lishi kerak. Til so`z belgilari yig`indisidan iboratdir. So`zning ma`nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy -tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilab olmaydi, u ota - onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o`z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so`z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo`ladi, o`quvchi olam haqida barcha bilimlarni o`qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya`ni til yordamida o`zlashtiradi. Bu erda til o`zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya`ni yashash vositasi ijtimoiy -tarixiy tajribani berish va o`zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo`ladi. Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish -harakati va faoliyati ko`pincha ijtimoiy qiymatga ega bo`lmagan o`zga kishilarning bevosita tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo`l olaman. Yo`lda o`rtog`im uchrab menga: “oshxona yopilgan”, deydi. SHu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma`lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo`nayman. Bu erda til o`zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya`ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki olamning xatti -harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo`ladi. Natijada har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta`sir qilishdan iboratdir. Uchinchidan, har bir alohida odamning ish -harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning “shaxsiy” tajribasi, o`z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o`ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli ularoq, o`z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishdan va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu erda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning ( idrok, xotira tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to`qnash keldik. So`z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy -tarixiy tajribani o`zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o`rnatish o`z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o`zidir. Nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi: So`zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi esa passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo`linadi. Tashqi nutq-yozma va og`zaki nutqka, ogzaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo`linadi. Monolog - bir kishining o`ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o`qituvchining bayoni, o`quvchining to`laroq javobi, ma`ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma`lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e`tibor berish kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o`qituvchilar o`quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e`tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko`p jihatdan undan oldingi fikrga bog`liq bo`ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma`lum bo`lgan ayrim so`zlar tushirib qoldiriladi. SHuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo`lmasligi mumkin. Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya`ni odatlanib qolingan so`z birikmasi ko`p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo`ladi. Biz so`zni chala - yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og`zaki nutq aktlaridan ilgariroq, xuso`san ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bo`lgan og`zaki nutqdan ilgariroq sodir bo`lishi mumkin. YOzma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo`lib yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.
Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko`z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so`zni to`ldiradi, kuchaytiradi va ba`zan uning o`rnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo`q degani, ruslarniki teskarisi bo`ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo`ladi. Masalan, bolalar ko`pincha kattalarga ta`sir etish, ularga o`z xohish va kayfiyatlarini o`tkazishda yig`idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so`z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Bu ayniqsa pedagog uchun g`oyat muhimdir.
4. MULOQOT KISHILAR O`RTASIDAGI O`ZARO TA`SIR ETISH
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o`z oldiga boshqalarga ta`sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo`yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o`zaro ta`sir sifatida namoyon bo`ladi, ya`ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo`luvchi aloqa va o`zaro ta`sirlar yig`indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro`y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq - atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko`lami nihoyat keng - mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazariya muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon bo`ladi. Psixologiyada “rol’” deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma`qullangan xulq - atvor namunasi tushuniladi. (yosh, mansab, jins va oiladagi, o`qituvchi va o`quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo`lishi mumkin). O`z navbatida har bir rol’ o`ziga mos talablarga javob berishi kerak. Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat jo -

yida direktor, kasal bo`lsa shifokor ko`rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota - onasining qobil farzandi, mehmondo`st oila boshlig`i bo`ladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning o`zaro munosabati rolli kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo`qmi atrofdagilar undan ma`lum namunaga mos keluvchi xulq -atvorni kutadilar. Agar rol’ yaxshi bajarilmasa ijtimoiy - nazorat tomonidan baholanadi, ozmi -ko`pmi cheklanishlar qilinadi. Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o`zaro ta`sir etuvchi kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq - atvor namunasini qo`llanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va unda nimani ko`rishga tayyor ekanligini to`g`ri, aniq, xatosiz ko`chira olish qobiliyati takt deb ataladi. O`qituvchi o`quvchilar jamoasi kishilardan tashqil topganligini unutmasligi har bir o`quvchi shaxsini e`tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O`quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo`lsada yo`qolishi, og`ir oqibatlarni vujudga keltiradi.


5. MULOQOT KISHILARNING BIR -BIRINI TUSHUNISHI
Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo`ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.
Kishini kishi tomonidan idrok qilish mexanizmi. Muomala jarayonida kamida ikki kishi ishtiroq etadi. Kishining qiyofasi, xatti - harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir -birini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g`oyat muhimdir:
a) identifikatsiya;
b) refleksiya;
v) stereotipizatsiya.
Identifikatsiya (lotincha tenglashtirish) tasnifini u kishiga tenglashtirish, baravarlash.
Refleksiya — (lotincha aks ettirish) - o`z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya`ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikqilangan oynadagi aks ettirishga o`xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o`zini ham aks ettiradi, agar kishi o`zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to`liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo`lsa, ular bilan bexato aniqlikda o`zaro ta`sir o`rnatishi mumkin. Biroq sub`ekt hamma vaqt bunday aniq ma`lumotga ega emas. SHuning uchun u boshqalar xatti - harakatining sabablarini o`ylab chiqishga majbur bo`ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his - tuyg`ular, intilish va fikrlashning o`ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb ataladi. O`qituvchilar tomonidan bola harakatlarining shunday sababini talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi. Stereotipizatsiya — grekcha o`zgarishsiz, takrorlanish degan ma`noni bildiradi. Stereotipizatsiya mos ma`lum yoki taxminan ma`lum bo`lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo`li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba`zan muomala jarayonida noto`g`ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o`tkazilgan suhbatga ko`ra kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So`ralgan 72 kishining 9 tasi kvadrat ko`rinishiga ega bo`lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar engilmas, bo`ysunmas xarakterga ega. 5 kishi bo`yi o`rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o`zini sevuvchi kishilar bo`ladi, deb tasdiqlagan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi muhim o`rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o`tkazilgan tadqiqot bunga misol bo`la oladi. 400 ta o`qituvchilarga baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk, yoqimsiz deb berganlar. ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta`riflash so`ralgan edi. Afsuski baholarning sub`ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog`liqdir. Muloqotda qayta axborot. Muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo`lishi - sub`ekt o`zaro ta`sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o`zi uzatgan axborotni retsipient qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo`layotganligini qayta axborot ma`lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir -birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o`qituvchi o`quvchilarni uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa pedagogik munosabat yaxshi bo`lmaydi. Ayniqsa, ma`ruza o`tayotganda bu juda muhimdir.
Muloqot treningi. Trening - inglizcha maxsus rejim, trenirovka degan ma`noni bildiradi. Kishilarda muloqot malakalari tasodifan yoki ta`lim mahsuli sifatida shakllanib boradi. Masalan, o`quvchilar to`liq javob berishga, o`zidan kattaga munosabat qilganda o`rnidan turishga o`rganib boriladi.
Yüklə 22,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə