Ma’ruza №2. Topografik kartalarni barpo etishda fotogrammetrik usullar haqida tushunchA


Aero va kosmik suratlar tasvirga olish usullari



Yüklə 178,29 Kb.
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü178,29 Kb.
#167966
1   2   3   4   5   6   7
TOPOGRAFIK KARTALARNI BARPO ETIShDA FOTOGRAMMETRIK USULLAR

1. Aero va kosmik suratlar tasvirga olish usullari..
Aerogeodeziya – еr yuzasining topografik xarita va planlarni yaratish va yangilash maqsadida joyning aerosuratini olish usullarini ishlab chiqadi va o‘rganadi.
Fotosuratlar–uchish apparatlari yoki еrga o‘rnatiladigan maxsus fotografik apparatlar yordamida olinadi.
Joyning olingan tasvirlari bo‘yicha xarita va planlarni yaratishda (yangilashda) fotogrammetrik usul qo‘llaniladi.
Fotogrammetriya - ob’ektlarning xolati va shakl o‘lchamlarining tekislikda yoki fazodagi joylashuvinihamda ularning fotogrammetrik tasvirlariga ko‘ra joyning turli xil ko‘rinishlarida aniqlash usullarini o‘rganadi.
Aerogeodeziyaning ob’ekti bu еr yuzasidagielementlar, geometrik tansifi esa uning aniq plani yoki joyning xaritasi bo‘lib hisoblanadi.
Aerofotos’yomkalar olinish usuli bo‘yicha va yaratiladigan mahsulot xarakteriga ko‘ra s’yomkalar qo‘yidagi turlarga ajraladi:
- konturli aerofotos’yomkalar;
- murakkab s’yomka;
- stereotopografik s’yomka;
- еr usti fototopografik s’yomkasi
Konturli aerofotos’yomka - o‘zida jarayonlarning majmuasini ko‘rsatadi, bularni bajarish natijasida joyning konturli topografik plani (fotoplan) hosil qilinadi.
Konturli aerofotos’yomkaning boshlang‘ich jarayoni bo‘joyning aerofotos’yomkasi hisoblanadi. Aerofotos’yomka jarayonida tasvirga tushiriladigan xudud o‘zaro parallel bo‘lgan marshrutlar bilan belgilanadi. Bunda tasvirga tushirilish vaqti shunday belgilanadiki natijada marshrutlardagi aerosuratlar oldindan berilgan xajmdagi yopmalar xosil qilishi kerak, bu yopmalar bo‘ylama va kundalang yopmalar deb ataladi.
Suratga tushirish jarayonida olingan filmlarni namoyon qilishda proyavka qilinadi va aeronegativlar hosil qilinadi, ularni raqamlagandan keyin rasm kog‘ozda haqiqiy tasvirlar – aerosuratlari tayyorlanadi.
Olingan aerosuratlar joy relefi ta’siridan tasvirlarning buzilishi, optik o‘qning jovun xolatdan og‘ishi va boshqa omillar natijasida joyning haqiqiy fotografik plani bo‘lib hisoblanmaydi.
Berilgan masshtabdagi joyning bir masshtabli fotografik planini xosil qilish va aerosuratdagi buzilishlarni yo‘qotish uchun aerosuratlarni transformatsiyalash kerak bo‘ladi.
Aerosuratlarni transformatsiyalash uchun aerosuratlardakamida to‘rtta belgilangan nuqtalarning planli va balandli xolatlari geodezik usulda aniqlangan bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Bu nuqtalarning planli xolatlarini aniqlash uchun aerosuratlarni planli bog‘lash ishlari o‘tkaziladi, ya’ni aerosurat chetlaridakontur nuqtalar bilan belgilanadi. Geodezik usul bilan ularning geodezik asoslash ishlari bajariladi ya’ni belgilangan kontur nuqtalari joyida koordinatalari va umumiy balandligi aniqlanadinatijasida aerosuratlarda belgilab chiqiladi.Undan keyin kameral sharoitda aerosuratlar transformatsiyalanadi.
Aerosuratlarni transformatsiyalash - fototransformatorlarda aerosuratlardagi buzilishlar va og‘ishlarga tuzatmalar kiritiladi va bir xil masshtabdagi aerosuratlarning tasviri xosil qilinadi.
Transformatsiyalangan aerosuratlar kesiladi, montaj kilinadi va joyning bir masshtabdagi fotografik tasviri – fotoplani xosil kilinadi.

Yüklə 178,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə