Mavzu: qo‘lning topografik anatomiyаsi



Yüklə 29,32 Kb.
səhifə5/7
tarix05.06.2022
ölçüsü29,32 Kb.
#88885
1   2   3   4   5   6   7
oxta 2

Yelka bo‘g‘imi (articulatio humeri).
Yelka bo‘g‘imi yelka suyagining caput humeri va kurak suyagining cavitas glenoidalis dan hosil bo‘ladi. Bo‘g‘im chuqurchasining atrofiga labrum glenoidale tog‘ayli halqa birikadi. Bo‘g‘im xaltasi proksimal tomonda labrum glenoideale ning chetlari bo‘ylab, distal tomonda yelka suyagining anatomik bo‘yinchasiga birikadi. Bo‘g‘im xaltasining fibroz qavatidagi qalinlashgan joylarini boylamlar deb yuritiladi. Bunday boylamlar 3 ta: 1) lig.glenohumeralae superior; 2) lig.glenohumeralae media; 3) lig.glenohumeralae inferior. Yelka bo‘g‘imini lig.coracohumerale hamda bevosita bo‘g‘im xaltasining ustida yotuvchi muskullar mustahkamlaydi. Bo‘g‘im xaltasini: old tomondan kurak osti, tumshuqsimon-elka muskullari va yelka ikki boshli muskulining kalta boshchasi, tashqari va yuqoridan deltasimon muskul va uning ostida bo‘g‘im bo‘shlig‘i orqali o‘tuvchi ikki boshli muskul uzun boshchasining payi, orqadan – qirra usti va qirra osti muskullari hamda kichik yumaloq muskul qoplaydi. Xaltaning pastki-medial qismi muskullar bilan qoplanmaganligi tufayli mustahkam emas, shu sababli yelka suyagining bo‘g‘imdan pastga va medial tomonga chiqishi tez-tez uchrab turadi. Kurakning akromial va tumshuqsimon o‘siqlari lig.coracoacromiale bilan birga yelka bo‘g‘imining gumbazini hosil qiladi. Bu gumbaz yelka suyagi boshchasining yuqori tomonga siljishiga to‘sqinlik qiladi. Yelka bo‘g‘imi sinovial xaltalari: bursa sinovialis subscapularis (shu nomli muskul payi ostida, bo‘g‘im xaltasining oldingi yuzasida yotadi) va vagina sinovialis intertubercularis yelka bo‘g‘imi xaltasi bilan tutashadi. Bulardan tashqari, yelka bo‘g‘imi bo‘shlig‘ida recessus axillaris hosil bo‘ladi. Bo‘g‘imni aa.circumflexae humeri anterior et posteriorrr.deltoideus et acromialis a.thoracoacromialis qon bilan ta’minlaydi, nn.axillaris et suprascapularis innervatsiyalaydi.
Yelka sohasi (regio brachi).
Chegaralari: yuqorigi chegarasi – katta ko‘krak va orqaning serbar muskullarining yelka suyagiga birikish joyidagi pastki chetlarini tutashtiruvchi ko‘ndalang chiziq;
pastki chegarasi – yelka suyagi tepachalaridan 2 barmoq eni miqdorida yuqoridan o‘tkazilgan ko‘ndalang chiziqqa to‘g‘ri keladi. Yelka tepachalari orqali o‘tkazilgan 2 ta bo‘ylama chiziq yelkani oldingi va orqa sohalarga bo‘ladi.

Yüklə 29,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə