Mavzu: qo‘lning topografik anatomiyаsi



Yüklə 29,32 Kb.
səhifə7/7
tarix05.06.2022
ölçüsü29,32 Kb.
#88885
1   2   3   4   5   6   7
oxta 2

Regio brachii posterior
Qavatma qavat tuzilishi.
1.Terisi qalin.
2.Teri osti kletchatkasi yaxshi rivojlangan. Bu yerda nn. cutanei brachii lateralis superior et inferior, n. cutaneus brachii posterior, n. cutaneus posterior tarmoqlanadi.
3.Yuza fassiya yupqa.
4.Xususiy fassiya. Xususiy fassiyadan to‘siqlar ketadi.
5.Yelkaning uch boshli muskuli. Yelkaning yuqori qismidan o‘rta qismiga o‘tish joyida, uch boshli muskul boshchalarining yelka suyagiga birikish joyida yuqoridan pastga va ichkaridan tashqariga tomon yo‘naluvchi canalis humero-muscularis joylashadi. Kanalning oldingi devorini yelka suyagining orqa yuzasidagi sulcus n. radialis, orqa devorini tashqaridan uch boshli muskulning lateral boshchasi, ichkaridan – medial boshchasi hocil qiladi. Kanal orqali o‘tuvchi bilak nervi bevosita suyakning ustida yotadi. Shuning uchun yelkaning o‘rta qismiga jgut qo‘yilganda, yoki yelka suyagi bu yerda singanda bilak nervning shikastlanishi kuzatiladi. Yelka chuqur arteriyasining tarmog‘i a.collateralis media yelkaning o‘rtasida uch boshli muskulning ichki va tashqi boshchalari orasida yotadi, keyin uning ichki boshchasini teshib o‘tib tirsakda qaytuvchi suyaklararo arteriya (a. interossea recurrens) bilan anastomozlashadi. Yelka suyagining sinishi ko‘pincha uning collum chirurgicum sathida yuz beradi. Bundan tashqari, bu yerga muskullar birikmaydi va shu sababdan bu qism anatomik jihatdan unchalik mustahkam emas. Suyakning distal bo‘lagi oldinga hamda tashqariga siljiydi. Agar yelka suyagi tuberositas deltoidea dan yuqorida sinsa, singan suyakning proksimal (yuqorigi) bo‘lagi katta ko‘krak muskuli hamda orqaning serbar muskulining qisqarishi natijasida ichkari tomonga, distal bo‘lagi esa deltasimon muskulning qisqarishi tufayli oldinga hamda yuqoriga suriladi. Suyak deltasimon g‘adir-budurlikdan pastda singanda yuqori bo‘lak tumshuqsimon-elka muskuli ta’sirida ichkariga, pastki bo‘lak esa yelka uch boshli muskuli hamda ikki boshli muskulining kalta boshchasi ta’sirida orqa va yuqoriga siljiydi. Yelka suyagining pastki qismida, uning tepachalari orqali sinishi tirsak bo‘g‘imi ichida bo‘lib, asosan, yosh bolalarda uchraydi. Bunda suyakning pastki bo‘lagi orqaga hamda yuqoriga siljiydi.
Yüklə 29,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə