A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
 
 
 
 


27 
 
Tip: YASSI CHUVALCHANGLAR – Plathelminthes 
 
 
Yassi  chuvalchanglar  tipiga  mansub  turlarning  barchasida  tana  aniq 
ifodalangan  ikki  tomonlama  (bilateral)  simmetriyaga  ega.  Bilateral  simmetriya 
umurtqasiz  hayvonlar  ichida  yassi  chuvalchanglardan  boshlab  undan  yuqori 
turadigan  barcha  tiplarga  xos.  Bilateral  simmetriyali  hayvonlarning  ontogenezi 
uchta  embrion  varaq  –  ektoderma,  entoderma  va  mezoderma  qavatdan  tashkil 
topgan.  Shunday  qilib,  ushbu  anatomo-morfologik  xususiyati  bilan  bulutlar  va 
kovakichlilardan keskin farq qiladi. Yassi chuvalchanglar tanasi elka-qorin (dorzo-
ventral)  yo‘nalishida  yassilangan  bo‘lib,  tanalarining  shakli  bargsimon, 
nashtarsimon  yoki  lentasimon,  noksimon  hamda  ipsimon  bo‘ladi.  Ularning 
kattaligi  birnecha  millimetrdan  10-12  metrgacha  bo‘ladi.  Ular  tana  bo‘shliqsiz 
bo‘lib, organlar orasidagi bo‘shliqlarni parenxima hujayralari to‘ldirib turadi. Yassi 
chuvalchanglarda harakat va himoya vazifalarini bajarishga qaratilgan teri muskul 
xalta  paydo  bo‘lgan.  Ushbu  xalta  teri  epiteliyasi  bilan  birikkan  bir  necha  qavat 
muskullardan  iborat.  Ularning  barchasida  maxsus  ayirish,  ko‘pchiligida  to‘liq 
rivojlanmagan  ovqat  hazm  qilish  organlari,  markazlashgan  nerv  tizimi  paydo 
bo‘lgan. Hazm organlariga ega bo‘lganlarida og‘iz, xalqum, qizilungachdan iborat 
ektodermali  oldingi  va  entodermali  uchlari  berk  o‘rta  ichak  rivojlangan.  Ayrim 
turlarida  faqat  og‘iz  va  xalqum  mavjud.  Ma’lum  bir  sinfida  hazm  organlari 
yo‘qolgan, ayirish organlari protonefridial tipda tuzilgan. Ularga bitta yoki ikkita 
ekskretor  teshikli  markaziy  kanal  va  ular  bilan  tutashgan  o‘rta  va  mayda 
kanalchalar  kiradi.  Qon  aylanish  va  nafas  olish  organlari  rivojlanmagan.  Yassi 
chuvalchanglarning  ko‘pchiligi  germafrodit  hayvonlar  bo‘lib,  jinsiy  sistemasi 
murakkab  tuzilgan.  Nerv  sistemasi  bir  juft  nerv  tugunidan  (gangliyalardan)  va 
ulardan tarqaluvchi nerv tomirlari va tolalaridan iborat. Tip 12000 dan ortiq turga 
ega bo‘lib, qo‘yidagi sinflarga bo‘linadi.     
1-sinf. Kiprikli chuvalchanglar- Turbellaria  
2-sinf. Monogeniyalar - Monogenea 
3-sinf. Trematodalar – Trematoda 
4-sinf. Sestodlar - Cestoda 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə