|
 A s daminov, B. S. SalimovA s daminov, B. S. SalimovTashqi ko’rinishi:
Tanasi qalin qobik (tunika) bilan o’ralgan
xaltasimon ko’rinishda. Tashqi muhit bilan 2 ta keng nay - sifon bilan
bog’langan. Biridan suv kiradi, ikkinchisidan chiqadi. Tanasining
kattaligi odatda bir necha santimetr.
Nerv sistemasi:
uncha
katta bo’lmagan halqum usti gangliyasi bor,
undan butun organizmga nerv tolalari tarqalgan. Yupqa teri-muskul
xaltasi bor. Nerv sistemasi sust rivojlangan.
Qon aylanish sistemasi:
Tutashmagan. Qon yurak yordamida
harakatga keltiradi. Yurakdan barcha organlarga qon tomirlari tarqalgan.
Ayniqsa halkum devorlarida joylashgan tirqishlar atrofida qon tomirlar
ko’pligini aytish mumkin. Uning nafas olishdagi rolining muhimligini
ta’kidlash mumkin.
Hazm sistemasi:
Og’izdan boshlanib, tashqi muhit bilan chiqaruv
sifoni bilan tugaydi. Og’iz halqumga, oshqozonga va tasmasimon
ichakka, ichak anal teshigi orqali chiqaruv sifoni bilan tugaydi. Oziqni
qabul qilish va hazm kilish lansetnikdagi singari bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|