A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

investitsiya dasturi
ishlab chiqiladi.
Investitsiya dasturi -
respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat
resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va
69


mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini
amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar
kompleksi.
Investitsiya dasturlarida muayyan davrda amalga oshirilishi mo’ljallangan
loyihalar, ularning bajarilish bosqichlari va sarflanishi ko’zda tutilgan mablag’lar
qiymati hududlar va tarmoqlar bo’yicha aks ettiriladi. Investitsiya dasturlari uzoq
muddatga mo’ljallangan bo’lib, unda har bir yil uchun mo’ljallangan chora-tadbirlar
alohida ifodalangan bo’ladi.
Shuningdek, mamlakatimizda texnik modernizatsiyalash bo’yicha
tarmoq
dasturlari
ham ishlab chiqilib, ularda iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlarini texnik
va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarishning zamonaviy andozalariga
o’tish, tejamkor va samarali texnologiyalarni qo’llash kabi chora-tadbirlarni amalga
oshirish ko’zda tutiladi.
5.5.1-jadval.
Modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirishning tasdiqlangan
tarmoq dasturlari
Tarmoqlar
Loyihalar
soni, dona
Loyihalar qiymati,
mln. doll.
Paxta tozalash sanoati
41
129,7
To’qimachilik sanoati
65
477,7
Yog’-moy sanoati
63
31,7
Kimyo sanoati
30
291,7
Avtomobil sanoati
26
255,1
Qurilish materiallari sanoati
36
343,1
«O’zmetkombinat» aktsiyadorlik ishlab chiqarish
birlashmasi
9
49,0
Farmatsevtika tarmog’i
45
26,5
Navoiy tog’-kon metallurgiya kombinati
26
892,1
Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati
13
405,3
Qishloq xo’jalik mashinasozligi
13
28,0
Temir yo’l tarmog’i
18
1734,2
Jumladan, mamlakatimizda 2009-2014 yillarga mo’ljallangan ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish bo’yicha muhim
loyihalarni amalga oshirish choralari dasturi umumiy qiymati 42,51 mlrd. doll.dan
iborat 852 ta investitsiya loyihasini o’z ichiga oladi. 2009 yilda tasdiqlangan ayrim
tarmoq dasturlari to’g’risidagi ma’lumotni quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin
(5.5.1-jadval).
Respublikamizda 2009 yil mobaynida qayd etib o’tilgan investitsiya dasturi va
texnik modernizatsiyalash bo’yicha tarmoq dasturlari doirasida 690 ta investitsiya
loyihasi amalga oshirilib, ularning 303 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Buning
natijasida 22 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti, jumladan, neft-gaz, kimyo,
metallurgiya sanoatida 8 ta, mashinasozlik sanoatida 9 ta va qurilish industriyasida 5
ta ob’ekt foydalanishga topshirildi. Yil davomida nihoyasiga etkazilgan bir qator
strategik loyihalarni quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin (5.5.2-jadval).

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə