A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Qo’shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

6.2.Qo’shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb
etishni rag’batlantirish
O’zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda
olishning turli yo’llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Agarda avval
korxonalarda asosiy daromad o’zida ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat
bo’ladigan bo’lsa, bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi sharoitda investitsiya
va moliyaviy daromad olishga kengroq e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda investor
oldida turgan asosiy maqsad optimal investitsiya portfelini shakllantirish bo’lib,
uning ushbu portfel tarkibiga kiruvchiga investitsiya qimmatliklarini, boshqacha
aytganda, investtsiya mulk ob’ektlarini qanday joylashtirishi ham muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda investor mulkini qaysi faoliyatga yo’naltiriliishi ham muhim
masalalar qatoriga kiradi. Jumladan, investor mulki tarkibida bo’lgan asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar va boshqa mulklari ko’proq jalb qilinsa, uning oladigan daromadi
76


yanada oshishi mumkin. Investitsiya faoliyatining vositasi hisoblangan mulk barcha
ijtimoiy-iqtisodiy shakllanishlarda ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil
etib, ularning xususiyatlarini belgilab beradi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo’shma korxonalar
hisoblanadi. Qo’shma korxonalar tashkil etish korxona va tashkilotlarning chet ellik
sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida xorijlik tadbirkorliklarga
keng sharoit yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy investitsiyalarini jalb etadi. Bozor
iqtisodiyotiga o’tish sharoitida milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishning asosiy
omillaridan biri bu qo’shma tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib
berilishidir. Hozirgi kunda xorijlik ishbilarmonlar O’zbekistonni o’zlari uchun qulay
va ishonchli sherik deb hisoblaydilar, chunki respublikamizda xorijiy investorlar
uchun qulay investitsion muhit yaratildi. Natijada ularda o’z sarmoyalarini
respublikamizda joylashtirish va biz bilan hamkorlik qilish istagi ortib bormoqda.
Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning asosiy omillari -
respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom ashyo resurslarining
mavjudligi, qo’shma tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilganligidir.
Qo’shma
korxonalarning
tashkil
etilishi
mamlakatlar
iqtisodiyotini
rivojlantirishni jadallashtiradi va xalqaro doirada mavqei ortishiga olib keladi.
Qo’shma korxonalarning ahamiyatli tomoni olingan foydani taqsimlash, sarfni
qoplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borishdadir. Chet el
investitsiyalarini respublikamiz iqtisodiyotiga jalb etish to’g’risidagi qonun
hujjatlariga binoan, korxonaning nizom fondiga ta’sischilarning o’z ulushi bo’yicha
ishtirok etishi, korxonalarning mulki, aktsiyasi va boshqa turdagi qog’ozlarni sotib
olishi, mahalliy fuqarolar bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda erlarni sotib olish
ko’rinishlarida ko’proq jalb etilmoqda.
Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga:
- yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb
qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy kilish esa necha yillar davomida sifatsiz,
xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chikaruvchi eski
texnikalardan tezrok qutilish imkonini beradi;
- yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan
ta’minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshkaruv tajribasini joriy kilish
imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi;
- jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va
ularni eksport kilish evaziga mamlakatga erkin konvertatsiya qilinadigan
valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta’minlaydi.
Yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishi quyidagi
jihatlarga bog’liq:
- xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O’zbekistondagi eksport qiluvchi
korxonalar o’rtasida koo peratsiya aloqalarining shakllanishiga ko’maklashish;
- yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va
soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi;
- eksportning intellektual mulk ob’ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida
texnik-tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida
xizmatlar
ko’rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo’li bilan respublikamizda erishilgan
77


ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo’jaligi aylanmasiga ki rib borishini
tezlashtirish;
- ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti
sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo’nalishini beruvchi shart-sharoit
yaratuvchi innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab
chiqish;
- innovatsiya
jarayonini
davlat
tomonidan
va
ti
jorat
usulida
qo’llab-quvvatlashning eng maqbul uyg’unlashuvi asosiy yo’llarini belgilab
olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar
darajasigacha etkazish;
- o’zbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi etakchi institutlar, tashkilotlar
va firmalar bi lan xamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;
- yuqori darajali marketing tadqiqotlari o’tkazish, tijorat va texnologiya
menejmenti
sohasidagi
yutuqlarni
o’rganish,
xorijiy
bozorlarning
kon’yunkturasi, sig’imi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya,
qo’shma korxonalar tashkil etish bo’yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy
ma’lumotlarni o’rganish.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə