A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Миллий сўмда ва чет эл валютасида олинган фойдаларни ўтказиш ва



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Миллий сўмда ва чет эл валютасида олинган фойдаларни ўтказиш ва
олиб чиқиб кетиш имконияти
Божхона имтиёзларининг мавжудлиги
Хорижий инвесторларнинг мулклари ва уларнинг ўзларини хавф-
хатарлардан суғуртавий муҳофаза қилиш тизимини яратилганлиги


qilish choralari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Soliq
kodeksi chet el sarmoyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari va tartibini
belgilab beradi. Sir emaski, o’z mablag’ini biror mamlakat iqtisodiyotiga kiritmoqchi
bo’lgan chet ellik sarmoyador birinchi navbatda o’zi uchun yaratilgan imtiyoz va
engilliklarni bilishni istaydi. Shu o’rinda «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi
Qonunga muvofiq chet ellik investorlar o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun,
shuningdek chet ellik investorlarning va chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat
shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar
fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan boj to’lovi
olinmasligini ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda xorijiy investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olgan foydalari
va boshqa daromadlarini biror-bir cheklovlarsiz istalgancha chet davlatga o’tkazish
imkoniyati kafolatlanadi. Bundan tashqari, xorijiy investorlar Respublika banklarida
hech bir cheklovlarsiz istalgan valyutada hisob raqamiga ega bo’lishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyasi bo’lgan korxona amaldagi qonunlarga binoan o’zi ishlab
chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksportga chiqarish va o’z ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar importini amalga oshirish huquqiga egadir. Xorijiy
investorlarga tabiiy boyliklarni qidirish, ishlab chiqarish va foydalanish va boshqa
xo’jalik ishlarini yuritish uchun kontsessiyalar berilishi mumkin. Kontsession
shartnomalar xorijiy investorlar bilan O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining
vakil qilingan organlari o’rtasida tuziladi. Xorijiy investitsiyalari bo’lgan korxonadan
chiqish yoki bunday korxonanining tugatilish hollarida xorijiy investorlar shu korxona
mulkidan o’zining hissasini korxona mulki bilan qiymatiga mutanosib ravishda pul
yoki natura tariqasida qaytarib olish huquqiga ega bo’ladi. Xorijiy investitsiyalar
ishtirokida tuzilgan korxonalarning xo’jalik ishlarida hisob-kitoblar O’zbekiston
Respublikasining qonunchiligi asosida olib borilishi lozim.
Agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’rsatilgan shart-sharoitlar
xalqaro shartnoma va xorijiy investorlar bilan kelishuvlarda ko’rsatilgan
shart-sharoitlar farq qilsa, xalqaro shartnoma va kelishuvga asosan faoliyat yurgiziladi.
Shunday qilib, yaratilgan huquqiy asoslar xorijiy hamkorlarning keng investitsiya
faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning huquqlari va sarflagan
investitsiyasini himoya qiladi.
Hozirga kelib, O’zbekiston hududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy
asoslarini shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga etkazildi va amalda
qo’llanilmoqda. Bu faoliyatni rag’batlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning
quyidagi tizimi ishlab chiqilgan:
- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning qatnashishi;
- texnikaviy qayta qurollanish;
- xalq iste’moli va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni
rag’batlantirish.
O’zbekiston
Respublikasi
xorijiy
investitsiyalarni
milliylashtirish
va
rekvizitsiya qilinmasligiga kafolat beradi. Xorijiy investitsiyalar faqat favqulodda
holatlarda, avariya, epidemiya tarqalgan vaqtlarda Vazirlar Mahkamasining qarori
bilan rekvizitsiya qilinishi mumkin. Bu holat investorga ko’rsatilgan zarar mikdorida
kompensatsiya qilanadi.
75


Xorijiy investorlarning qonuniy faoliyatlari orqali qilingan daromadlari xorijiy
valyutada, chegaralanmagan miqdorda chegaradan olib o’tishlari davlat tomonidan
kafolatlanadi.
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o’zlashtirish
maqsadida investorlarga bir qator imtiyozlar (iqtisodiy platforma) beriladi.
Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom
ashyo etkazib beruvchilardan tashqari) ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab:
- daromad (foyda) solig’idan birinchi yil 25 foiz qismidan, ikkinchi yil 50 foiz
qismidan, uchinchi yil 100 foiz ozod qilinadi, qishloq hududida esa birinchi yildan
100 foiz ozod qilinadi;
-mulk solig’idan 2 yilga ozod qilinadi;
-ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig’i eksportga chiqarilsa, 50 foiz
daromad solig’idan (foyda solig’i), 15-30 foiz eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad
(foyda) solig’idan ozod qilinadi;
-ishlab chiqarish bilan band bo’lsa, er solig’idan 2 yilga ozod qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko’zda tutilgan.
Unga ko’ra neft va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni
jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan,
shuningdek ushbu ishlarni amalga oshirish uchun zarur uskunalarni import qilishda
bojlardan ozod qilinadi.
Mazkur soha korxonasi chet ellik hamkorlar bilan birga ochilsa:
- neft va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda)
solig’idan;
- xorijiy hamkorlar ulushi kapitalidan olinadigan daromad va mulk solig’idan
ozod qilinadi.
Engil sanoat sohasida:
- tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar qo’shimcha qiymat
solig’idandan tashqari barcha soliqlardan ozod;
- o’z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarini import
qilishda korxonalar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə