A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


-bob. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

8-bob. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni
xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish masalalari
8.1.Mamlakatimizning eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotini
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish,
shuningdek,
tashqi
iqtisodiy
faoliyat
sub’ektlarining
eksport
faoliyatini
takomillashtirish iqtisodiy qayta qurishning hozirgi bosqichida muhim hisoblanadi.
Shu bilan birga O’zbekiston oldida mamlakatning xom – ashyo tovarlari eksportiga
qaramligini pasaytirish, import va eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish hamda
qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan tovarlar eksportini jadallashtirish kabi masalalar
turibdi.
Ba’zi mamlakatlar va chet el iqtisodchilarning fikriga ko’ra, eksportni mo’ljal
qilib tashqi savdoni rivojlantirish xom ashyo bo’lmagan tovarlar eksport ulushini
oshirishga asos bo’lishi mumkin. O’zbekiston ko’p afzalliklarga ega ekanligi
umuman tan olingan, ularning ba’zilari quyidagicha:
·
mineral xom-ashyo ko’p turlarining boy sanoatbop turi;
95


·
ko’pgina qishloq xo’jalik o’simliklarini etishtirish uchun qulay, shuningdek
issiqlik va elektr energiyasini tejash imkonini beruvchi tabiiy iqlimiy sharoit;
·
turizm va tadbirkorlikning turdosh xillarini rivojlantirish imkonini yaratuvchi
butun olamga dong’i ketgan boy madaniy va tarixiy meros;
·
yuqori malaka bilan birga nisbatan arzon ishchi kuchi;
·
salmoqli ilmiy salohiyat va amaliy tadqiqotlarning yuqori darajasi;
·
rivojlangan infratuzilma va boshqalar.
Biroq, mamlakatning solishtirma afzalliklarini baholash kopleks reyting usuli
qo’llanishini talab etadi. Oddiyroq shaklda solishtirma afzalliklar ishlab chiqarish
xarajatlarining nisbati yoki shunday o’xshash tovarlarning jahon bozoridagi narxlari
nisbati bo’yicha chamalanashi mumkin. Standart usul ekspert chamalash asosida
O’zbekistonning raqobatbardoshlik darajasi (xarajatlar bo’yicha, mahsulot sifati omili
hisobga olinmagan holda) bo’yicha solishtirma afzalliklari eksportning tovar
guruhlari bo’yicha shartli ravishda raqobatbordosh, raqobatbardoshga yaqin va
hozirgi paytda raqobatbardosh bo’lmagan tovarlar guruhlariga tasniflash mumkin.
Shu bilan birga, raqobat muhitini yaratish mamlakat eksport imkoniyatlarini
o’stirish va yanada rivojlantirish uchun eng muhim shart hisoblanadi. Bir qator
mamlakatlar va chet el iqtisodchilarining fikriga ko’ra, mamlakat ishlab
chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish uchun quyidagilar shart:
·
xo’jalik faoliyatining barcha sub’ektlari uchun teppa-teng sharoitlarni yaratish,
ya’ni har qanday imtiyozlar barcha tarmoqlarga taalluqli bo’lishi shart;
·
resurslarning mobilligini oshirish, eng avvalo bank tizimi samaradorligini
oshirish orqali sarmoyani erkin o’tishini ta’minlash, shuningdek, tovar – xom
ashyo resurslari bozorini erkinlashtirish va ma’muriy boshqarishdan voz kechish
va xom ashyo tovarlarini sanoat ishlab chiqarish va eksport uchun taqsimlash;
·
mahsulotlar importiga chegaralangan tarzda yo’l qo’yilishi bilan birga
texnologik zanjir bo’ylab narxlarning oshishiga olib kelayotgan yuqori narxlarni
yakka tarzda saqlab turish amaliyoti saqlanib kelayotgan kontsernlar,
assotsiatsiyalar, xoldinglar va milliy kompaniyalar tizimini monopoliyadan
chiqarish;
·
soliq tizimini va uni ma’muriylashtirishni takomillashtirish;
·
tashqi savdoni erkinlashtirish.
Ayniqsa qayta ishlash sohalarining eksportini rivojlantirish xorijiy mamlakatlar
bozorlariga chiqish imkoniyatlariga ham yuqori darajada bog’liq. Xom ashyo
eksporti amalda xorijiy bozorlarga chiqishda to’siqlarga uchramagan bir sharoitda
tayyor tovarlar eksporti xorijiy mamlakatlarda ko’pincha tarif va notarif to’siqlarga
duch keladi.
Bugungi kunda mamlakat eksportini rivojlantirishning asosiy muammolaridan
biri importga nisbatan tarif va notarif protektsionizmning yuqori darjada
mavjudligidir. Ayni vaqtda yuqori savdo to’siqlari nafaqat iste’mol tovarlarini
(pirovardida foydalanish uchun tovarlarni) import qilishni, shu bilan birga ham
eksportga, ham ichki bozorga yo’naltirilgan milliy ishlab chiqarishlarni rivojlantirish
zarur bo’lgan oraliq tovarlar importini ham cheklab qo’yadi. Bundan tashqari, ichki
bozorda tashqi raqobatni cheklash iqtisodiy resurslarni samarasiz taqsimlash uchun
96


omil yaratadi. Natijada o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda importdan himoya
qilingan tarmoqlarning nisbatan raqobatbardoshlik qobiliyati pasayib ketadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va investorlarga barqaror sharoit va
qo’llab–quvvatlashni ta’minlab beradigan, odilona raqobatga rivojlanishiga yordam
beradigan va suiste’molning olidini oladigan qulay sharoitni yaratish eksportni
rivojlantirish va diversifikatsiya qilish va oqibatda iqtisodiy o’sishning zarur sharti
hisoblanadi.
O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash
borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini
yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror
o’stirish imkonini bermoqda (8.1.1-rasm).

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə