A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Ўзбекистон экспортининг давлатлараро таркиби



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Ўзбекистон экспортининг давлатлараро таркиби 
(жамига нисбатан фоизда)
35,9
34,4
27,6
26,0
31,5
31,8
47,5
34,2
33,3
64,1
65,6
72,4
74,0
68,5
68,2
52,5
65,8
66,7
0
20
40
60
80
100
120
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
2009
МД? давлатлари
Бош?а давлатлар
8.1.2. -rasm
Uzoq xorij davlatlariga qilingan eksportning jami eksportdagi ulushi 2008 yilda
65,8 foizni, 2009 yilda esa 66,7 foizni tashkil etdi. Bu mamlakatlar bo’yicha
mamlakatimiz eksportining difersifikatsiyalashuv darajasi nisbatan chuqurroq
bo’lib, 2009 yil ma’lumotlariga ko’ra faqat Xitoy (9,7%), Shveytsariya (7,9%),
Afg’oniston (3,3%), Turkiya (3,2%), Eron (2,7%), Germaniya (2,2%), AQSh (1,7%)
ning mamlakatimiz eksportidagi ulushi 1 foizdan yuqoridir.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga bo’lgan talabni o’rganish,
bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish
eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jahon
bozorlarida
korxonalarimiz
mahsulotlarining
raqobatbardoshligini
ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb
etadi:
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini
kamaytirishda ko’maklashish;
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar,
raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va
h.k.
Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan 2010-2012
yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo’yicha
maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish
tizimini
takomillashtirish,
eksportchi
korxonalarni
marketing,
moliya
va
tashkiliy-huquqiy qo’llab-quvvatlash masalalari o’z aksini topadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini
takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikatsiya qilish
iqtisodiyotimiz
tarkibiy
tuzilishida
sifat
o’zgarishlariga
erishish,
uning
100


raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush
farovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Bugungi kunda eksportni rivojlantirish bu makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashga,
ishlab
chiqarishni
rivojlantirishga,
investitsion
faoliyatni
rag’batlantirishga yo’naltirilgan davlatning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas
bir qismidir.
Eksport
salohiyatini
yuksaltirish,
uning
hajmini
oshirish,
tarkibini
takomillashtirish, geografiyasini kengaytirish muhim va dolzarb vazifadan biri bo’lib,
bir vaqtning o’zida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng
murakkab vazifalari qatoriga kiradi.
Ma’lumki, mintaqalar eksport salohiyati samaradorligani oshirish ko’p jihatdan
jahon xom ashyo bozoridagi talab va taklif jarayonlariga uzviy bog’liqdir. Jahon
bozorida kuzatilayotgan talab-ehtiyojlar tahlili shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston
mintaqalari eksport salohiyatining yaqin istiqboldagi rivojlanishi kimyo, rangli
metallurgiya sanoat mahsulotlari, shuningdek, mashina-jihozlar va chuqur qayta
ishlangan qishloq xo’jalik mahsulotlari eksport hajmining keskin ortishiga bog’liq
bo’lib qoladi. Chunki oxirgi o’n yilliklar mobaynida jahon bozorida aynan shu
mahsulotlarga nisbatan barqaror narx va doimiy talab kuzatilmoqda. Shu bois
mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan Davlat eksport siyosati 2008-2010
yillarda ham saqlanib qoladi va mazkur siyosat mintaqalar eksport salohiyatini
yanada rivojlantirishga qaratilgan huquqiy hamda iqtisodiy shart-sharoitlarni
yaratishga yo’naltiriladi. Bu esa mintaqalarda mavjud tabiiy-iqtisodiy va ishlab
chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish hisobiga chuqur qayta ishlangan,
raqobatga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishga imkon beradi hamda eksportbop
mahsulotlar turining keskin ortishiga olib keladi. Mintaqalar eksport salohiyatining
kengayishida yoqilg’i-energetika majmuasi ulkan istiqbollar ochadi. Yaqin kelajakda
mavjud neft-gaz zahiralaridan samarali foydalanish hisobiga Buxoro, Qashqadaryo va
Farg’ona viloyatlari eksport salohiyati sezilarli darajada ko’tarildi. Jumladan, Buxoro
viloyatida chet el investorlari (Frantsiya va Turkiya) bilan hamkorlikda 1996-1998
yillar davomida neftni qayta ishlash zavodining birinchi bloki ishga tushirildi. Ushbu
zavodning quvvati yiliga 2 mln. tonna gaz kondensati va 5 mln. tonna neft mahsuloti
ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Respublikamizda 2009-2010 yillarda uglevod
ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblangan neft-gaz kondensati hajmini
oshirish va mahsulotni qayta ishlash hisobiga eksport hajmini yanada kengaytirish
mo’ljallanmoqda. Shu bois neft va gaz kondensati ishlab chiqarish hisobiga Farg’ona
va Qashqadaryo viloyatlari eksport hajmida chuqur tarkibiy o’zgarishlar bo’lishi
kutilmoqda. Hozirda ushbu mintaqalar hududida Farg’ona va Oltiariq neftni qayta
ishlash zavodlari hamda Sho’rtan va Muborak gazni qayta ishlash majmualari
mavjud. Respublikamizda yuksak texnika va texnologiyalarni jalb etish asosida qora
metallurgiya sanoatini rivojlantirish istiqbollari mavjud.
Mintaqalarda rangli metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun qulay
imkoniyatlar mavjud. Bu esa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda ulkan
istiqbollar ochadi. Jumladan, Samarqand (Ingichka, Qo’ytosh, Yaxton), Jizzax (Ugat)
hamda Navoiy (Sariqtog’, Sautbas) viloyatlarida volfram xom-ashyosiga o’ta boy
zahiralar mavjud. Shuningdek, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridagi Uchquloch va
101


Xavdiza konlarida qo’rg’oshin, rux rudasi qazib olishni 2 barobarga oshirish
imkoniyati mavjud. Rangli metallurgiya sanoati bo’yicha eksport salohiyatini
yuksaltirishda asosiy muammolardan biri mineral xom ashyo zahiralaridan
foydalanishda zamonaviy uskunalarni chetdan keltirish xisoblanadi. Ayniqsa,
Toshkent va Navoiy viloyatlarida mavjud tarmoq korxonalarini ta’mirlash va texnik
qayta jihozlash asosida jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish
imkoniyati mavjud. Olmaliq va Qizilqumdagi mis rudasi zahiralari xom ashyosi
negizida turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudliga kelgusida
ushbu mahsulot eksportini oshirish imkoniyatini beradi. Mintaqalar eksport
salohiyatini kimyo sanoati bo’yicha oshirishda asosiy e’tibor mavjud kimyo qayta
ishlash korxonalarini ta’mirlashga qaratilmokda. Ayniqsa, Navoiy, Farg’ona,
Qashqadaryo, Namangan, Toshkent, Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog’iston
Respublikasi va Toshkent shahrida kulay shart-sharoitlar mavjud. Hozirda
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kaprolaktamning 70-80% qayta ishlovchi
vositalarni ishga tushirishda qo’llanilmoqda. Yaqin kelgusida kapron iplar ishlab
chiqaruvchi fabrikalarni qurish taxmin qilinmokda. Shuningdek, ko’pgina
mintaqalarda qisman mahalliy ehtiyoj uchun hamda eksportga yo’naltirilgan
mahsulotlar ishlab chiqarishga ixgisoslashgan engil sanoat korxonalarini qurish
mo’ljallanmoqda.
Mintaqalar bo’yicha mashinasozlik eksport salohiyatini oshirish masalasi chet el
investorlari va firmalarini keng jalb qilish asosida yangi tarmoqlarni rivojlantirish
mo’ljallanmokda. Davlat investitsiya dasturiga muvofiq, Andijon, Jizzax, Toshkent,
Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida mashinasozlik majmuini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini, amalga oshirish bo’yicha aniq rejalar loyihasi
ishlab chiqilmoqda. 2009-2010 yillarda qayta ishlangan mahsulotlarni jahon bozoriga
olib chiqishda xorijiy sarmoyadorlar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati ijobiy
ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Bu turdaga hamkorlik Toshkent shahri, Andijon,
Surxondaryo, Jizzax va Farg’ona viloyatlarida yanada rivoj topgan. Turkiya, Xitoy,
Yaponiya, Italiya, Shveytsariya, Amerika, Frantsiya, Angliya va Litva davlatlari bilan
tuzilgan qo’shma korxonalarda paxta tolasidan ip, shoyi, trikotaj, velyur, sun’iy teri,
jinsi, jakard gazlama, teridan tayyorlangan oyoq-kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish
yo’lga qo’yilmokda. Xulosa qilib aytganda, yaqin istiqbolda qishloq xo’jaligi xom
ashyosini qayta ishlashda xorijiy sarmoyadorlar bilan o’zaro hamkorlikni qo’shma
korxonalar shaklida yanada keng yo’lga qo’yish mintaqalar eksport faoliyatida
muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə