A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiya



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/115
tarix20.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#128383
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

8.3.Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiya
103


ishtirokidagi korxonalarni kreditlash
Bugungi kunda Respublikamizda pul-kredit dastaklarining tijorat banklari
faoliyatida ta’siri mexanizmi nuqtai nazaridan olib karaganda, xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalardagi beriladigan kreditlar miqdori markaziy bankning qayta
moliyalash stavkasiga, markaziy bankning so’mdagi depozitlar bo’yicha majburiy
zaxira stavkasiga va kreditlarning o’rtacha foiz stavkasiga teskari mutanosibdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy bankining kredit resurslari miqdoriga esa to’g’ri
mutanosibdir. Buning sababi shundaki, Markaziy bankning majburiy zahira stavkalari
oshirilishi tijorat banklarining kreditlash salohiyatlarini to’g’ridan to’g’ri pasaytiradi.
Majburiy zaxira ajratmalari tijorat banklarining jalb qilingan resurslariga nisbatan
hisoblanadi. O’z navbatida jalb qilingan resurslarning asosiy qismi tijorat
banklarining kredit resurslari hisoblanadi.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan
kreditlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalarga beriladigan kreditlar hajmi, kreditlarning o’rtacha foiz stavkasi,
Markaziy bankning so’mdagi depozitlari bo’yicha majburiy zaxira stavkasi, TIF
Milliy bankining kredit resurslari kabilarni keltirish mumkin.
TIF Milliy bankining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning
kreditlash salohiyatiga ta’sir kiluvchi muhim omillardan yana biri, kredit
resurslarining etarlilik darajasi hisoblanadi. Kredit resurslarining etarli darajada
bo’lishi tijorat banklariga o’z mijozlarini barqaror tarzda kreditlash imkonini beradi.
Xalqaro bank amaliyotida kredit resurslarining etarlilik darajasi kuyidagi ikkita
ko’rsatkich orqali aniqlanadi:
1. Transaktsion depozitlar ko’rsatkichi.
Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun transaktsion depozitlar summasi tijorat
bankining jami depozitlari summasiga bo’linadi va olingan natija 100 foizga
ko’paytiriladi. Ekspertlarning fikriga ko’ra, agar tijorat banklari depozitlarining
salmog’i 30 foizdan oshmasa, bankning depozit bazasi barqaror hisoblanadi.
2. Tijorat banki umumiy kapitalining etarlilik darajasi.
Buni aniklash uchun umumiy kapital summasi bank aktivlarining riskka tortilgan
summasiga bo’linadi va olingan natija 100% ga ko’paytiriladi. Xalqaro Bazel
standarti bo’yicha tijorat banklari umumiy kapitalining etarlilik koeffitsientini
minimal darajasi 8% ni tashkil etilishi lozim. Agar bu koeffitsientining xaqiqatdagi
darajasi 8% dan past bulsa u xolda tijorat bankining umumiy kapitali etarli emas deb
hisoblanadi.
Jahonning etakchi banlari ekspertlarning tavsiyasiga ko’ra, sof foizli marja
ko’rsatkichining me’yoriy darajasi 4,5% ni, sof foizli spred ko’rsatkichining me’yoriy
darajasi esa, 1,25% ni tashkil etadi. Milliy bank tizimida sog’lom raqobat muhiti
mavjud bo’lgan sharoitda tijorat banklari ana shu belgilangan darajalarda faoliyat
yurita oladilar. Agarda bank tizimida sog’lom raqobat muhiti shakllantirilmagan
bulsa, u holda monopol banklar ushbu ko’rsatkichlarning yuqori darajasida faoliyat
yuritish imkoniyatiga ega bo’lishadi, kichik va o’rta tijorat banklari esa bu
ko’rsatkichlarning me’yoriy darajasini ham ta’minlay olishmaydi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda TIF Milliy bankining xorijiy
104


investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni kreditlash salohiyatiga asosan uchta omil
ta’sir kilmokda. Bular Markaziy bankning majburiy zaxira talabnomasining
o’zgarishi, kreditlarning foiz stavkalari o’zgarishi va TIF Milliy banki kredit
resurslarining etarlilik darajasidir. Shu sababli, ushbu omillar bankning kreditlash
salohiyatiga nisbatan yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan salbiy ta’sirlarga barham berish
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə