A suyarova о ‘zbek tilida ish yuritish


ART7. Ariza matni (mazmuni)



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix04.02.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#100162
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
O`zbek tilida ish yuritish. Suyarova A

ART7.
Ariza matni (mazmuni)
Hova
Sana (yil, kun, oy)
Imzo
I.O. va familiyasi
24


Topshiriqlar:
1-topshiriq. Berilgan gaplami yuqorida ko‘rsatilgan zaruriy qismlar tartibiga 
amal qilgan holda joylashtirib, daftaringizga ko‘chiring.
Kasalligim tufayli qishki sinov va imtihonlami o‘z vaqtida topshira olmadim. 
Noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti dekani dots.L.A.Ismoilovaga 
LAbdullayev. Shu sinov va imtihonlami topshirishga ruxsat berishingizni 
so‘rayman. Ariza. 2009.23.02. Arizamga kasalligim to‘g‘risidagi tibbiy 
m a’Iumotnoma ilova qilindi. 2-07 guruhi talabasi Ilhom Abdullayevdan. Imzo
2-topshiriq. Fakultet dekaniga o ‘quv (akadem) ta’til berishni so‘rab ariza 
yozing.
3-topshiriq. Quyidagi birikmalami daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling. 
Ulardan foydalanib to‘rtta gap tuzing.
Boshqa shaharga ko‘chishimiz munosabati bilan, mehnat ta’tili berishingizni 
so‘rayman, ilova qilindi, ilova qilingan hujjatlar asosida, kasalligi tufayli, 
moddiy qiyinchiliklar sababli, ozod etishingizni so‘rayman, o‘zim haqimda 
quyidagilami m a’lum qilaman, ijozat berishingizni so‘rayman, yoshlar nomidan 
so‘raymiz, yordam berishingizni so‘raymiz, deb hisoblashingizni so‘rayman, 
haqida qaror chiqarishingizni so‘rayman, aytilganlar asosida, kelmayotganligi 
sababli, moddalariga rioya qilgan holda, muddatini uzaytirishingizni so‘rayman, 
da’vo talablarini tasdiqlash uchun, ushbu hujjatlarga muvofiq.
4-topshiriq. Ariza namunasidagi bo‘sh o‘rinlarni to ‘ldirib, daftaringizga 
ko‘chiring.
Toshkent davlat pedagogika universitet... 
rektori prof. B. G‘. Qodirovga 
... fakulteti... II kurs talaba...
Samad Qosimovdan 
ARIZA 
25


Men «Umid» jam g‘arma... tanlovida ... natijalarga erish... imtiyozli 
o‘rinni qo‘lga k irit.... Shuning ... «Umid» jam g‘armasi men... Amerika 
Qo‘shma ... ga o‘qish uchun yo‘11anma berishga ... qildi.
0 ‘qishimni Amerik... Shtatlari... Kalifomiya universiteti... tarix fakultetida ... 
ettirish uchun ru x sa t... ni so‘ray... .
(imzo) 
S. Qosimov
2009-yil 28-oktabr
I S H O N C H N O M A
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun 
ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat ishonchnom a 
hisoblanadi. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan 
(muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga 
qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘Iinadi.
R a s m i y ( x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r davlat 
muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xo‘jaligi, jam oat tashkilotlari muayyan 
lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil 
qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari 
tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) 
muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha 
bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq bo'lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. 
Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsati!magan bo‘Isa, 
bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini 
saqlaydi. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
26


Ishonchnomalaming ikkinchi xili s h a x s i y, ya’ni ayrim shaxs 
tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib 
berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, 
zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini 
rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlami bajarish uchun 
ishonch bildiriladi.
Shaxsiy ishonchnomalar ayrim shaxslar tomonidan o‘ziga tegishli pul 
yoki qimmatbaho narsalami borib olish uchun ishongan kishisiga ishonch 
bildirib yozgan hujjatidir. Bunday ishonchnoma vakolat beruvchining ish joyi 
(ishlamagan taqdirda mahalla qo‘mitasi) tomonidan muhr bilan tasdiqlanishi 
lozim.
T opshiriqlar:
1-topshiriq. Matnda tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni to‘g‘ri topib qo‘ying 
va shaxsiy ishonchnoma namunasini daftaringizga ko‘chiring.
ISHONCHNOMA 
Men, Kamol Y o’ldoshev, guruhdosh... Abdulla Ahmedovga (pasport 
ma’lumotlari) Chilonzor tumanidagi 64-aloqa bo‘lim... men... nom... kelgan 
150000 (bir yuz ellik ming) so‘m miqdoridagi pul jo ‘natma... ol... uchun 
ishonch bildir...
(imzo) 
K. Yo‘ldoshev.
2018-yil 3-may
K. Yo‘ldoshev imzosini tasdiqlayman.
Institut kadrlar bo‘lim iboshlig‘i 
(imzo) 
A Shukurov.
(muhr)

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə