MBT =
Tayyor mahsulotlar soni
§. Xarajatlar tarkibi
Iqtisodiy adabiyotlarda xarajatlar 18 dan ortiq belgilari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi (1-jadval).
1-jadval
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishi bilan bog‘liq xarajatlari klassifikatsiyasi
T.r.
|
Klassifikatsiya
belgilari
|
Xarajatlar
turi
|
1
|
Ishlab-chiqarish jarayonidagi iqtisodiy roliga qarab
|
Asosiy va ikkilamchi
|
2
|
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilishiga qarab
|
To‘g‘ri va egri (bevosita va bilvosita)
|
3
|
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan
|
O‘zgaruvchan va doimiy
|
|
(Shu kabi jami o‘n sakkizdan ortiq belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi)
|
|
Xarajatlarning ana shu klassifikatsiyalari belgilari va ularning har birining ahamiyati tegishli adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Xarajatlarning shu vaqtgacha nafaqat nazariyachi olimlar, balki amaliy iqtisodchilar tomonidan ham umum e’tirof etiladigan klassifikatsiya belgilari ichida boshqaruv hisobi uchun alohida ahamiyat kasb etadigani – bu xarajatlarning «doimiy» va «o‘zgaruvchan», deb guruhlanishidir. Ushbu mavzu doirasida boshqaruv qarorlari ta’sirida shartli o‘zgaruvchan xarajatlar qanchalik o‘zgarishi va bunday o‘zgarishlar ijobiy natijalarga olib kelishi uchun ular borasida qanday qilib samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish borasidagi masalalar yechimini topishga harakat qilinadi.
Menejmentni o‘rganayotgan barcha rahbarlarning e’tiborini mahsulot hajmi, xarajatlar va foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tahlili doimo tortib kelgan. Bu tahlil natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini qoplash uchun ishlab chiqarish hajmi qancha bo‘lishi lozim degan savolga javob topiladi.
Shuningdek, mulk shakli va faoliyat turidan qat’i nazar, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda ularning butun faoliyat samaradorligi mana shu uchta, bir-biri bilan uzviy bog‘langan ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi ko‘rsatiladi. Shu ko‘rsatkichlar ichida xarajatlarga samarali boshqaruv qarorlari natijasida ta’sir o‘tkazilsa, uning natijasida oxirgi moliyaviy natijalar qanchalik ijobiy bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |