Maxsus buyurtmani qabul qilish tahlili
Xo‘jalik yurituvchi subyekt "A" turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 300000 dona. O‘zgaruvchan xarajatlar (bir yilga) 750000 p.b., shartli o‘zgarmas (doimiy) xarajatlar 450000 p.b. Doimiy xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi 200000 donadan 300000 donagacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarmaydi. Prognoz bo‘yicha korxona bir yilda har birini 5 p.b.da jami 240000 dona "A" mahsuloti sotishi mumkin.
Bir martalik buyurtma tushyapti, deb faraz qilaylik. Xuddi shunday "A" turdagi mahsulotdan 60000 dona ishlab berishga. Lekin bahosi odatdagi sotish bahosidan 40% arzon.
Talab qilinadi:
Xo‘jalik yurituvchi subyektning foydasi yoki xarajati (chiqimi) qancha so‘mga o‘zgaradi, shuni toping.
"Sotib olish kerakmi?
yoki o‘zimiz ishlab chiqishimiz lozimmi?" qarorini qabul qilish.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt 20000 dona detalni ishlab chiqishi lozim. Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
|
Bir don mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari
|
Pul birligida
|
1.
|
To‘g‘ri material sarfi
|
4.0
|
2.
|
To‘g‘ri ish haqi
|
16.0
|
3.
|
O‘zgaruvchan umumishlabchiqarish xarajatlari
|
8.0
|
4.
|
Doimiy umumishlabchiqarish xarajatlari
|
10.0
|
|
Jami xarajatlar (bir donaniki)
|
38.0
|
Xuddi shunday detalning bir donasini 36.0 p.b.dan sotib olish imkoniyati mavjud.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt shu detalni sotib olsa, bo‘shagan jihozni ishlatish imkoniyati yo‘q, deb faraz qilaylik.
v) Qanaqangi qaror qabul qilinishidan qat’i nazar 60 umumishlabchiqarish xarajatlari bari bir sodir etiladi.
Talab qilinadi:
1. Relevant xarajatlarining umumiy summasini toping va ikkala variantni taqqoslab ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: |