A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


-§. Javobgarlik markazlarining turlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə80/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

1-§. Javobgarlik markazlarining turlari


Oldingi mavzu doirasida segmentar hisobot mohiyati, uni tuzish tartibi, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarish hamda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun uning ahamiyati ko‘rib chiqildi hamda segmentlarning turlari to‘g‘risida atroflicha fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, segmentlar bo‘yicha xarajatlar va daromadlar hisobini tashkil qilish asoslarini, tamoyillarini, yo‘nalishlari ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Bugungi mavzu doirasida esa javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar va daromadlar hisobini tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqamiz.

Bozor munosabatlarining rivojlanishi, raqobatning kuchayishi, bozorlarda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lish uchun kurashish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini markazlashgan bir joydan boshqarishning samarasiz ekanligini allaqachon barcha tushunib yetgan. Ana shu markaziy ma’muriy-boshqruv aparatida o‘tirib boshqaruv bilan shug‘ullanayotgan rahbar-menejerlar uchun samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun joylardan tezkor hamda relevantli, shuningdek juda detallashtirilgan ko‘plab ma’lumotlar kerak


bo‘ladi. Shuning uchun ham xo‘jalik yurituvchi subyektlarni faqat segmentlarga ajratish bilan ular faoliyatini samarali boshqarib bo‘lmaydi. Shunga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini keyingi detallashtirish (desentralizatsiya) bosqichi – bu javobgarlik markazlarini tashkil qilishdir.
Javobgarlik markazlari – xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir alohida olingan bo‘g‘inlari (bo‘lim, uchastka, tsex, texnolagik liniya va shu kabilar) bo‘yicha boshliqlarining (menejerlarining) shaxsiy mas’uliyatlarini va javobgarligini belgilab berish tushuniladi. Rivojlangan bozor munosabatlari shakllangan mamlakatlar amaliyotida javobgarlik markazlarining quyidagi 4 ta turi alohida ajratib ko‘rsatiladi:
  1. Xarajatlar markazi.


  2. Tushum markazi (Sotish markazi).


  3. Foyda markazi.


  4. Investitsiya markazi.




Xarajatlar markazi – alohida javobgarlik markazi hisoblanadi va uning rahbari o‘zi mas’ul bo‘lgan bo‘g‘inda xarajatlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatadi, shunga muvofiq ro‘y beradigan og‘ish (chetlanishlar) uchun javobgar sanaladi. Xarajatlarni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olishda ularni ikki guruhga bo‘lishadi: me’yorlashtirilgan (normativ) xarajatlar hamda diskresion xarajatlar. Normativ xarajatlar orqali markaz faoliyatini oldindan belgilangan me’yoriy xarajatlar yordamida nazorat qilish mumkin va bu deyarlik ortiqcha qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Hisobot davrida vujudga kelayotgan me’yordan chetlanishlar tezkor tarzda aniqlanib tegishli o‘zgartirishlar, ya’ni tuzatishlar kiritib boriladi. Oddiyroq ifoda qilinadigan bo‘lsa, bu holatda nazorat me’yorlardan chetlanishlarni kuzatish orqali olib boriladi. Ya’ni, oldindan belgilab berilgan aniq bir hajmdagi ishni bajarish uchun xarajatlarning aniq me’yorlari o‘rnatiladi va ana shu me’yorlar doirasida sarf-xarajatlar amalga oshiriladi. O‘rnatilgan me’yorlar bilan haqiqatda bajarilgan miqdor o‘rtasida vujudga keladigan farq – og‘ish (chetlanish) deb hisobga olinadi. Ana
shu chetlanishlarga sabab bo‘lgan rahbarlar uning uchun mas’ul hisoblanadi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə