A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Xo‘jalik yurituvchi subyektning



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə82/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Xo‘jalik yurituvchi subyektning



operatsion segmentlari hamda javobgarlik markazlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari hisoboti
(ming pul birligida)

Asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida hisobot (Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari uchun)




Smeta bo‘yicha:


Chetlanish (+, -):


joriy
oyga


yil
boshidan


joriy
oyda


yil
boshidan




A segmenti

450

1560

+ 90

+ 125



V segmenti










V segmenti








Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari










Realizatsiya xarajatlari










Distribyutorlik xarajatlari










Jami









Asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida hisobot (A segmenti rahbari uchun)


Ip-kalava tsexi


150

650

+20

+35

Mato to‘qish tsexi










Rang-bo‘yoq tsexi










Tayyor mahsulot tsexi










Menejerlarning xarajatlari










jami

450

1560

+90

+125

Asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida hisobot (Mas’uliyat markazi rahbari uchun)

Asosiy material xarajatlari










Mehnat haqi xarajatlari










Yordamchi materiallar










Ishlab chiqarish braki










Elektr energiyasi sarfi










Yoqilg‘i sarfi










Boshqa xarajatlar










jami

150

650

+20

+35


    2-§. Mas’uliyat markazlari faoliyatini moliyaviy baholash mezoni


Bozor iqtisodiyoti rivojlangan demokratik mamlakatlarda faoliyat yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida moliyaviy xarakterga ega bo‘lgan to‘rtta ko‘rsatkichlardan foydalanadilar:
  1. foyda;

  2. aktivlarning rentabelligi;

  3. qoldiq foyda;


  4. iqtisodiy qo‘shimcha qiymat. Xarajat va daromad markazlari faoliyatining samaradorligini aniqlashda ushbu ko‘rsatkichlar mos kelmaydi.


Javobgarlik markazlari faoliyatini nazorat qilishda faqat birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin, xolos. Sarmoya (investitsiya) markazi faoliyati natijasini tahlil etishda esa keyingi uchta ko‘rsatkichdan (aktivlar rentabelligi, qoldiq foyda va iqtisodiy qo‘shimcha qiymat) foydalanish, maqsadga muvofiq. Ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblashda ana shu javobgarlik markazlariga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymati va majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlar bo‘lishi zarur.


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi sotilgan mahsulot (xizmatlar)dan kelib tushgan tushum va mos ravishda ana shu mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish uchun sarflangan xarajatlarning farqi sifatida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini baholaydigan daromad ko‘rsatkichi mustaqil emas, balki ko‘proq amaliy ahamiyatga ega. Bo‘limlarning foydasini hisoblagandan so‘ng, keyingi ikkita, ya’ni aktivlarning rentabelligi va sof (qoldiq) foydani hisoblash mumkin.
Boshqaruv hisobi va tahlili nuqtayi nazaridan aktivlar rentabelligi (AR) ko‘rsatkichi aktivlarga sarf etilgan sarmoyaning qanchalik samarali foydalanganligini ko‘rsatadi. Aktivlar rentabelligi formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:

      AR = Bo‘limlar foydasi: Bo‘limlar aktivi

Boshqaruv hisobida umumiy qoida mavjud bo‘lib unga ko‘ra, agar taklif etilayotgan investitsiya loyihalaridan tushadigan foyda mavjud kapital qiymatidan yuqori bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt taklif etilayotgan sarmoyalarni qabul qilishi kerak. Javobgarlik markazlari faoliyatini baholashda qoldiq foyda ko‘rsatkichi ushbu umumiy qoidani inobatga oladi.


Qoldiq foyda (QF) – bu xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati tomonidan belgilangan, mas’uliyat markazlari tomonidan minimal foyda me’yoridan ko‘proq ishlab topilgan foydaga aytiladi. Qoldiq foyda formulasi quyidagicha hisoblanadi:

      QF = Bo‘lim foydasi – (Bo‘lim aktivlari x Maqsadli foyda me’yori)

Qavs ichidagi ko‘rinish foydaning qiymati bahosi bo‘lib, u javobgarlik markazlari uchun belgilangan foyda me’yorining minimal ko‘rinishidir. Javobgarlik markazlari tomonidan ushbu miqdordan yuqori topilgan har qanday miqdor xo‘jalik yurituvchi subyektga foyda keltiradi.


Iqtisodiy qo‘shimcha qiymat (IQQ) yoki boshqariladigan foyda. Chet el kompaniyalarining tajribalarida korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini hisoblash uchun IQQ ko‘rsatkichidan foydalanishlari - aktivlardan samarali foydalanishga, kapitalni saqlashga, mehnat unumdorligini oshirishga va mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshishiga olib kelmoqda.
Kompaniyaning aksiya va obligatsiya egalari uchun topgan daromadi va analogik darajada bo‘lgan xavf asosida mablag‘larning
boshqa kompaniyalarga sarmoya sifatida kiritilishidan tushgan daromad farqi - iqtisodiy qo‘shimcha qiymat deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasidan barcha majburiyatlar qiymat ayirmasi iqtisodiy qo‘shimcha qiymat bo‘ladi.
Qoldiq foyda va iqtisodiy qo‘shimcha qiymat mohiyatan bir-biriga yaqindir. IQQ xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan olingan foydadan soliqlar ushlab qolingandan so‘nggi foyda miqdoridir.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə