A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


chizma. Xo‘jalik yurituvchi subyektda samaradorlikning turlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə107/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

chizma. Xo‘jalik yurituvchi subyektda samaradorlikning turlari


Ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda boshqaruv samaradorligi alohida o‘rin egallaydi, chunki har bir iqtisodiy tizim va jarayon samarali boshqarishni talab qiladi. Iqtisodiyotning boshqarish samaradorligi deyilganda, avvalambor, boshqarish jarayonining natijaviyligi tushuniladi.

Samaradorlik ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida boshqaruvning barcha tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, tashkiliy, marketing hamda boshqa munosabatlarni ifodalaydi.


Boshqaruv samaradorligi boshqaruvning o‘ziga emas, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur. Bu holat boshqaruv va ishlab chiqarishni bir-biridan ajratib bo‘lmasligi, biroq bu yaxlitlikda ishlab chiqarish ustuvor hisoblanishi lozimligi bilan izohlanadi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish faqat ishlab chiqarishni emas, balki xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining boshqa jihatlari, xususan, bozorlarni o‘rganish, xodimlar va moliyani boshqarish kabilarning samaradorligini oshirishni ham talab etadi. Shu sababli, boshqaruv samaradorligi deganda pirovard natijada obyektni yaxlit tizim sifatida oqilona faoliyat ko‘rsatishi va uning rivojlanishini ta’minlaydigan boshqarishni tushunish zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvi samaradorligini
ta’minlashda uning uslubiy jihatdan mezon va ko‘rsatkichlari aniqlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun boshqaruv tizimi samaradorligining tahlilini o‘tkazish lozim. Chunki o‘tkaziladigan tahlil qanchalik chuqur va sifatli bo‘lsa, boshqaruv samaradorligining obyektiv baholanishiga shunchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tahlil jarayonida aniqlangan mezon va ko‘rsatkichlardan foydalanib boshqaruv samaradorligiga baho beriladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, muayyan obyektning boshqaruv samaradorligiga baho berayotganda uning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi zarur.
Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv samaradorligini haqqoniy baholash quyidagi tamoyillarni hisobga olishni taqozo qiladi:
    • Tezkorlik hamda boshqaruv jarayoni maqsad va vazifalarini bozor iqtisodiyoti talablarini e’tiborga olgan holda amalga oshirish.


    • Foydalilik va boshqaruvning tashkiliyligi, ya’ni ishlab chiqarish hamda xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash.


    • Tejamkorlik yoki natijaviylik, ya’ni boshqaruvni imkon darajada kam mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar sarflash orqali tashkil etish.


Yuqoridagilarga asoslanib xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvi samaradorligi mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin:


  1. Ishlab chiqarishning yuqori darajadagi samaradorligi.


  2. Bozordagi ulushning ortishi.


  3. Xarajatlar darajasi.


  4. Tashqi muhit bilan o‘zaro aloqadorlik darajasi.


  5. Boshqaruv qarorlari qabul qilishning to‘g‘riligi va tezligi.


  6. Tizimning o‘z-o‘zini tartiblash va tashkil etish imkoniyati. Yuqorida qayd qilingan ana shu mezonlardan kelib chiqib,


amaliyotda boshqaruv samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi quyidagicha shakllantiriladi (jadval).


jadval

    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə