A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Xo‘jalik yurituvchi subyektning sifat xarajatlari to‘g‘risidagi hisoboti



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə115/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Xo‘jalik yurituvchi subyektning sifat xarajatlari to‘g‘risidagi hisoboti

T.r.

Ko‘rsatkichlar

Miqdori (ming pul birligida)


tushum hajmidagi ulushi


(100 mln.pul birligi)


1.Sifatni ta’minlash xarajatlari




1000

1.0

1.1.

Sifat masalalari bo‘yicha
mutaxassislarni tayyorlash

500





1.2.

Mol yetkazib beruvchilarni
tahlil qilish xarajatlari

100





1.3.

Sifat muxandisligi

200





1.4

Ogohlantiruvchi texnik xizmat
ko‘rsatish

200







2.Baholash xarajatlari




1500

1.5

2.1.

Xarid qilinayotgan materiallar
holatini baholash

400





2.2.

Tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar holatini
inspeksiya qilish

800





2.3.

Jihozlarni tekshirish

100





2.4.

Sifat auditi

200

















3.Aniqlangan ichki kamchiliklarni bartaraf etish




3800

3.8

3.1.

Hisobdan chiqarish (util, brak)

900





3.2.

Qayta ishlash xarajatlari

1200





3.3.

Sifat bilan bog‘liq sabablar
tufayli bo‘sh turishlar chiqimi

1600





3.4.

Mahsulotlarni qayta tekshirish

100

















4. Aniqlangan tashqi kamchiliklarni bartaraf etish




7400

7.4

4.1.

Xaridorlar qaytarib yuborgan mahsulotlar bo‘yicha
chiqimlar

4700





4.2.

Sotuv bo‘limlari qaytargan mahsulotlar bo‘yicha
chiqimlar

2000





4.3.

Kafolat xizmatining ta’mirlash
xarajatlari

700

















Jami



13700

13.7


Bu hisobot shakli har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt amaliyotida tuzilishi mumkin bo‘lgan sifat xarajatlari to‘g‘risidagi umumiy hisobot bo‘lib, u eng avvalo rahbar va mutaxassislarga sifatni ta’minlash uchun qancha mablag‘ sarflanayotganligini kuzatib borish imkonini beradi. Shuningdek, bu hisobot shakli talab qilinayotgan sifat parametrlarini ta’minlash uchun keltirilayotgan to‘rtta guruh bo‘yicha xarajatlarni ratsional tarzda taqsimlash, tahlil qilish, boshqarish imkonini ham yaratadi. Sifat xarajatlarini boshqarish uchun shu tarzda yana bir qator hisobot shakllarini, shunga muvofiq tarzda esa ularning ko‘rsatkichlarini xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘limlari va segmentlari, shuningdek mas’uliyat markazlari bo‘yicha ham shakllantirish mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ana shu tarzda tashkil qilinayotgan sifatni ta’minlashning boshqaruv hisobi quyida keltirilayotgan muhim bitta tamoyil asosida shakllantirilishi kerak. Masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodda biron-bir detaldagi sifat parametrlari buzilishi dastlabki bosqichda aniqlansa, uni bartaraf etish 1 p.b. miqdoridagi xarajatni vujudga keltiradi, sifatsiz bo‘lgan shu detal kamchiligi u motorga o‘rnatilgandan keyin aniqlansa, uni bartaraf etish uchun 20 p.b. sarflanadi, mabodo shu detal defekti mashinani xarid qilgan xaridor tomonidan aniqlansa, uni bartaraf etish uchun 30 p.b. saflanadi va bundan tashqari xaridorlar oldida zavodning obro‘siga ham putur ketadi.

Ana shu tamoyil mohiyatidan kelib chiqiladigan bo‘lsa - sifatning eng ishonchli kafolati aniq tashkil etilgan nazorat bilan belgilanadi. Chunonchi, biznes rivojlanishining zamonaviy yo‘nalishlari bu oddiy haqiqatni tasdiqlaydi. Aniqroq ifoda qilinadigan bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha jarayonlarida sifat masalasi yuqori


darajada tashkil qilingan bo‘lsa ham, sifat ko‘rsatkichlarining nazorati tashkil qilinmasa, u baribir samara bermaydi.

    3-§. Sifat nazorati


Sifat nazorati xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab olishi lozim.

Har qanday buyumni ishlab chiqarish uni konstruksiyalash va loyihalashdan boshlanadi.


Har qanday mahsulot bozorda to‘lovga qodir talab ko‘rinishida qandaydir talabni qondirishi lozim. Chunonchi, ushbu buyumni loyihalashdan oldin aniq belgilangan talablar tizimi mavjud bo‘lishi kerak. Busiz esa xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan chiqarilayotgan mahsulot realizatsiyasining amalga oshishi qiyin bo‘ladi.
Ushbu vazifani hal etish uchun bozorning marketing tadqiqotini o‘tkazish, mavjud iste’molchilarning aniq talablarini belgilash va mahsulot ishlab chiqaruvchilar oldiga shunga mos ravishda vazifalar qo‘yilishi lozim.
Buyum (mahsulot)ni ishlab chiqarish loyihasi shunday bo‘lishi kerakki, bir tomondan unga qo‘yilgan talablarni qondirishi, ikkinchi tomondan esa sifatsiz (brak) mahsulot ishlab chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
Shubhasiz, har doim ham braksiz (sifatli) ishlab chiqarishni ta’minlab bo‘lmaydi. Murakkab ishlab chiqarish jarayonida oldindan belgilangan hajmda kam miqdordagi (foizdagi) brak (sifatsiz) mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yiladi. Yo‘l qo‘yiladigan brak chegarasidan chiqib ketmaslik buyumni loyihalashtirishdagi eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Buyum loyihasini tuzishda muhim jihatlardan biri uni ishlab chiqarishning qulayligi va iste’molchiga sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish bilan belgilanadi.
Nazorat mahsulot ishlab chiqarishning har bir bo‘g‘inida zarurdir. Nazorat qilish uchun esa o‘lchash muhim. “Faqatgina o‘lchanadigan narsani boshqarsa bo‘ladi” degan ibora qadimdan ma’lum. O‘lchash – sifatni boshqarishda markaziy muammo hisoblanadi.
Miqdoriy shaklda o‘lchash mumkin bo‘lgandagina nazorat amal qiladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda miqdoriy o‘lchovlar amal qilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni boshqarishda esa birinchi navbatda nomiqdoriy o‘lchovlar amal qilishini qayd etish lozim. Sifat (nomiqdoriy) o‘lchovlar ekspert baholash uslubi tadqiqot va amaliyotga qo‘llash predmeti sifatida o‘tgan asrning 60- yillaridan boshlab, keyingi yillarda juda tez sur’atlarda rivojlanayotganligini ko‘rish mumkin.
Ishlab chiqariladigan detallar miqdoriy o‘lchamga ega: detal o‘lchamlari hisoblanadi, uning kimyoviy tarkibi kimyoviy tahlil yordamida aniqlanadi, buyumning funksional tavsifi maxsus ko‘rgazmali sinovlar davomida aniqlanadi va sh.k.
Ishlab chiqarilayotgan buyum va detallar qo‘yilgan talablarga javob berishi zarur, chunki ular tarkibiy qism sifatida yanada murakkabroq detal va buyumlarni tayyorlash uchun foydalanilishi mumkin.
Iste’molchiga bevosita yetkazib beriladigan mahsulot unga qo‘yilgan vazifani to‘liq bajarishi zarur bo‘ladi.
Albatta ayrim og‘ishlardan qochib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham belgilangan maqsad yo‘lida ma’lum og‘ishlarga yo‘l qo‘yib beradigan chegara o‘rnatiladi. Lekin, yuqorida o‘rnatilgan normalardan ko‘proq og‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday og‘ishlarning mavjudligi ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati nazorati yordamida o‘rnatilishi lozim.
Aytaylik, stanokning detalini tayyorlashda uning diametridan 0,05 mmga og‘ishga yo‘l qo‘yiladi, lekin 0,5 mmga esa yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar rejadagi sifat darajasidan og‘ishlar o‘rnatilgan bo‘lsa, unda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq harakat dasturi ishlab chiqilishi kerak. Belgilangan og‘ishga olib keluvchi sabablar aniqlanishi va ularni bartaraf etish tadbirlari ishlab chiqilishi zarur.
Bu jihozni ta’mirlash, stanokni almashtirish, texnologiyani o‘zgartirish, ishchilar malakasini oshirish yoki ular o‘rnini o‘zgartirish, yuqori darajadagi xomashyoni yetkazib berishni ta’minlash, qo‘shimcha moliyaviy qo‘yilmalar va sh.k.larning zarurligi bilan belgilanadi.
Shu narsani unutmaslik kerakki, murakkab ishlab chiqarish jarayonida arzimagan past sifatli detalning to‘xtab qolishi butun ishlab chiqarishning to‘xtalishiga olib kelishi mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarishning har bir uchastkasini nazorat qilish bilan birga, sifat nazorati tizimini samarali ishlashini nazorat qilish ham muhimdir.
Bu esa alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subyektda sifatni boshqarish darajasini keskin oshiribgina qolmasdan, balki xo‘jalik yurituvchi subyektni sotib olish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni birlashuvi yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taklif qilinayotgan loyihani investitsiyalash borasidagi qarorlar qabul qilishda xo‘jalik yurituvchi subyektga va u ishlab chiqaradigan mahsulotga nisbatan ishonch darajasini belgilab beradi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, sifat nazoratini sifat boshqaruvi tizimining asosiy elementlaridan biri sifatida ikki bosqichda ko‘rib chiqish zarur.
Birinchi darajada sifat boshqaruvi tizimining pastroq bosqichida brak detallarni aniqlash maqsadida tayyorlanadigan buyumlarning bevosita sifat nazorati amalga oshiriladi.
Brak mahsulot qancha vaqtli aniqlansa, xo‘jalik yurituvchi subyekt shuncha kam talofat ko‘rishi mumkin.
Bevosita tayyorlash jarayonida qimmatbaho buyumning birgina brak (sifatsiz) detali aniqlansa bir dollardan kamroq zarar ko‘rilishi mumkin, bunday mahsulot ishlab chiqarishning keyingi bosqichlarida aniqlansa esa bir necha yuz dollar, bevosita iste’molchi tomonidan aniqlansa bir necha ming dollar zarar keltirishi mumkin.
Sifat nazoratining birinchi bosqichida mahsulot tayyorlashning cheklangan miqdori holatida har bir mahsulotni nazorat qilish mumkin,
ommaviy ishlab chiqarishda esa faqatgina ishlab chiqarilayotgan mahsulotdan tanlov asosida sifat nazoratini o‘tkazish mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ushbu vaziyatda sifatsiz detallar partiyasini o‘z vaqtida aniqlab beruvchi nazoratning statistik usullarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi darajada mahsulot sifati boshqaruvi tizimining yuqoriroq bosqichida butun kompaniyaning mol yetkazib beruvchilarga va buyutrmachilarga nisbatan ish uslubining tahlili zarur bo‘ladi.
Faqatgina mahsulot sifatining statistik nazorati usullaridan foydalanish yetarli emas. U mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, shuningdek sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining tegishli jihatlari bilan mustahkamlanishi lozim.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, sifatni boshqarish fani va amaliyotining asoschilaridan biri Demingning fikricha, biznesni samarali amalga oshirishda buyurtmachi shunday qoniqish hosil qilishi kerakki, unda keyingi buyurtmani kimga bajartirish borasida zarracha shubha qolmasligi zarur.
Buning uchun umumbelgilangan mezonlar bo‘yicha mahsulot sifati yuqori darajada, uning narxi (bahosi) esa o‘rtacha bo‘lishi lozim.
Bir qarashda bu shart-sharoitlar bir-biriga qarama-qarshidek tuyuladi. Lekin, amaliyotning ko‘rsatishicha, mahsulot sifatining o‘sishi uning qiymatining o‘sishi bilan doim bog‘liq bo‘lmaydi.
Sifatning oshishiga olib keluvchi holatlar:
  1. ishlab chiqarilayotgan mahsulotning puxtalik bilan nazorat qilinishi,


  2. samaraliroq nazorat tizimining tatbiq qilinishi;


  3. sifatliroq (lekin, qimmat bo‘lishi shart bo‘lmagan) xomashyoni sotib olish;


  4. yanada takomillashgan ishlab chiqarish texnologiyasining qo‘llanilishi va h.k.


Shu bilan birga, sifatli bajarilgan ish mahsulot tannarxini pasayishiga olib keladi, chunki brak (sifatsiz) buyumlar sonining pasayishi zararlarni kamaytiradi.


Bu esa o‘z navbatida, mahsulot sifatining oshishi va bahosining pasaytirilishi pirovard natijada sotuv hajmining oshishiga, bozorlarni egallash va kengaytirishga, biznesni rivojlanishiga, yangi ishchi o‘rinlari paydo bo‘lishiga va sh.k. larga olib keladi.
Shunday qilib, shiddatli jarayonga sabab bo‘ladigan, foydaning ko‘payishiga, yanada samarali marketing siyosatiga olib keluvchi teskari aloqaning ijobiy jihatlari ko‘rinib turibdi.
  1. rasmda biz tomonimizdan ko‘rib o‘tilgan shiddatli (o‘sib boruvchi) jarayonga sabab bo‘ladigan ijobiy teskari aloqaga olib keluvchi boshqaruv holatining o‘zgarish davomiyligi chizma tarzda ifodalangan.


Xalqaro raqobatning kuchayishi mahsulot sifatini boshqarish strategiyasining takomillashuviga olib keldi. Shunday strategiyaning uchta asosiy tamoyillari shakllangan. Ularni keltirib o‘tamiz.





    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə