A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


-§. Strategik boshqaruv hisobining xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarishdagi o‘rni



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə118/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

1-§. Strategik boshqaruv hisobining xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarishdagi o‘rni
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etishda uning mulkdorlari qisqa muddatli mulohazalardan emas, balki strategik, uzoq muddatli maqsadlardan kelib chiqib faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydilar. Ana shunday holatda mulkdor va tadbirkorlar uchun eng optimal qaror va xulosalarga kelishlari uchun obyektiv ma’lumotlarni taqdim etadigan vosita – bu strategik boshqaruv hisobidir.

Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda muhim e’tibor mamlakatimiz amaliyotida nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan, ammo rivojlangan bozor munosabatlariga ega davlatlarda yetarlicha keng yo‘nalishda shakllangan va rivojlanib borayotgan strategik boshqaruv hisobiga qaratiladi.


Mamlakatimizda strategik boshqaruv hisobi o‘zining shakllanish jarayonida.
Umuman, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, strategik boshqaruv hisobi - strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot ta’minoti shakllanadigan boshqaruv hisobining bir yo‘nalishi sifatida e’tirof etiladi. Strategik boshqaruv hisobi doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyat yo‘nalishlarining batafsil tahlili amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektda eng asosiy e’tibor uning moliyaviy- xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi omillarga qaratilishi – strategik boshqaruv hisobini an’anaviy boshqa hisob turlaridan farqlaydigan asosiy xusisiyatidir.
Strategik boshqaruv hisobining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi jarayonlar ketma-ketligida aniq kuzatish mumkin: ichki omil va jarayonlar tahlilini amalga oshirish; tashqi omil va jarayonlar tahlilini amalga oshirish; nomoliyaviy omillar tahlilini o‘tkazish; mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar mazmuni va uning mohiyatini belgilab beradigan eng muhim omil emasligini ta’kidlash; har bir omil uchun o‘z tahlil tizimining mavjudligi; xarajatlarga ta’sir qiluvchi omillarning barchasi ham har qanday vaqtda bir xil ahamiyatga ega emasligi, ammo ba’zilari har bir aniq vaziyatda muhim ekanligini ta’kidlash; xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z faoliyatida muhim rollardan birini o‘ynaydigan haqiqiy ish faoliyati talablariga moslashuvi.
Strategik boshqaruv hisobi tizimi faqatgina hisob jarayoni sifatida
emas, balki quyida keltirilgan uchta elementlar ketma-ketligida o‘zining mohiyatini to‘liq ifodalaydi (1-rasm):
  1. strategik tahlil;


  2. strategik rejalashtirish;


  3. strategik nazorat.




    Tashqi omil va jarayonlar


    Tashqi omil va jarayonlar







    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə