A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


-rasm. Boshqaruv holatining o‘zgarish davomiyligi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə116/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

3-rasm. Boshqaruv holatining o‘zgarish davomiyligi

  • Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan materiallar va butlovchi qismlarni aniq belgilangan vaqtda olinishini ko‘zlovchi “aniq vaqt” tamoyili.


    Bu ko‘rinishdagi mol yetkazib berish sxemasi bir haftada emas, bir kunda bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin. Bu esa o‘zini oqlar ekan.


    Ko‘pgina samarali faoliyat olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu tamoyil materiallar va butlovchi qismlar yetkazib berishning boshqa tamoyillari o‘rnini egallaydi.
    1. Sifat nazoratining kompleks tizimini kiritishni belgilovchi “birinchi galdan to‘g‘ri bajarish” tamoyili.


    Bu tizimga muvofiq, sifat nazorati xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha xodimlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Sifat uchun javobgarlik har bir ishlovchining lavozim yo‘riqnomasiga kiritiladi. Shunday bo‘lsada, sifatning markazlashtirilgan nazorati pasayadi, lekin har bir ishchi o‘rnida sifat nazorati oshadi.


    1. Kompleks profilaktik xizmat ko‘rsatish tamoyili. Bu tamoyil ishlab chiqarish ustalari tomonidan avariya va sinishlarni barataraf qilish maqsadida jihozlarga xizmat ko‘rsatish va puxta profilaktika o‘tkazishni ko‘zlaydi.


    Oldin bunday profilaktik ishlar maxsus ta’mirlash-profilaktik xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan.


    Bu tamoyilning tatbiq etilishi ishlab chiqarish ishchilari malakasiga bo‘lgan talabning oshishini ko‘rsatadi.
    Shunday bo‘lsada, samarali faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotining ko‘rsatishicha, bunday tamoyil xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining bir maromda amalga oshishiga, to‘xtalishlarning kamayishiga, demak ishlab chiqarishning arzonlashuvi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining oshishiga olib keladi.

      4-§. Sifat nazoratining xulqiy jihatlari


    Mahsulot sifatini boshqarish tizimini tatbiq etishda nazoratning o‘zi ham, nazorat qilinadigan mahsulotning chiqarilishi ham odamlar tomonidan amalga oshishini hisobga olish zarur.

    Bular shunday xodimlarki, ularning faoliyati nazoratda bo‘ladi. Shuning uchun nazoratning xulqiy jihatlarini e’tiborga olmasdan turib xo‘jalik yurituvchi subyektda sifat boshqaruvining samarali tizimini yaratish umuman mumkin emas.


    Menejer shu narsani to‘liq anglashi kerakki, nazorat tizimining u yoki bu shaklda tatbiq etilishi ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan xodimlar xatti-harakatlariga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.
    Ko‘pgina menejerlar xo‘jalik yurituvchi subyekt oldida turgan maqsadlarga erishish uchun xodimlarni safarbar qilish niyatida nazorat jarayonini ataylabdan ko‘zga ko‘rinadigan (ko‘rgazmali) qilib ko‘rsatadilar.
    Shu bilan birga, nazoratning bu ko‘rgazmali shakli brak buyumlarni va ishdagi boshqa nuqsonlarni aniqlash hamda bunday noxush holatlarning oldini olishni o‘z ichiga oladi.
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, haqiqatdan ham ko‘pgina hollarda ishchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari xohlaganidek ish tutishadi. Odatda bu narsa samarali faoliyat olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda amal qilishi mumkin.
    Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt samarasiz faoliyat natijasida boshqaruvni yo‘qotsa, ko‘rgazmali nazorat ham xodimlarga ko‘ngildagiday ta’sir ko‘rsatmaydi.
    Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishlab chiqariladigan mahsulot sifati, banklardagi pul hisob-kitoblari, mustaqil auditorlik tekshiruvida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati va h.k.lar nazorat obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
    Shunday qilib, samarali tashkil qilingan nazorat nafaqat ishdagi brak (sifatsiz mahsulot)ni yoki boshqa nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash
    imkonini beradi, balki noxush holatlarning kelib chiqishini ham imkon qadar bartaraf etishi mumkin.
    Shunday bo‘lsada, qattiq nazoratning amal qilishi odamlar xatti- harakatida ko‘zda tutilmagan uzilishlarga olib keladi.
    Yana shu narsani qayd etish lozimki, nazoratning ko‘rgazmali tizimining tatbiq etilishi ko‘pincha ishchilar tomonidan nazoratga yo‘nalgan (asoslangan) hulqni talab etadi.
    Bu shuni anglatadiki, ishchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt bajarishga intilayotgan haqiqiy maqsadlarni ikkinchi darajaga tushirgan holda, nazoratdagi ko‘rsatkichlarni bajarishga va rag‘bat ko‘rishga yoxud xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan salbiy munosabatlardan qochishga harakat qilishadi.
    Masalan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi nazorat qilinishi e’lon qilinsa, ishchi ayrim hollarda chiqayotgan buyum sifatini oshirish imkonini beruvchi jihozlarni o‘z vaqtida tuzatish, profilaktik ishlarni, takomillashtirishni kiritishni amalga oshirish o‘rniga ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat qiladi.
    Bu o‘rinda ishchi birinchi navbatda nazorat qilinadigan ko‘rsatkichlarni muvaffaqiyatli bajarishga harakat qiladi. Uning xulqida bunday jihatlarning paydo bo‘lishi xo‘jalik yurituvchi subyekt oldida turgan maqsadlarga to‘liq erishish imkonini bermaydi.
    Ko‘rgazmali nazoratning yana bir salbiy natijasi zaruriy xarajatlarni rejalashtirish jarayoniga, moliyaviy resursga bo‘lgan talablarga, erishilishi xo‘jalik yurituvchi subyekt tuzilmaviy bo‘linmalari va ayrim ishchilarining vazifasi hisoblangan taktik maqsadlarga tuzatish kiritish bo‘lishi mumkin.
    Zaruriy xarajatlar hajmi ataylab oshirilishi mumkin. Undan keyin esa murosali qarorlar qabul qilishda qatnashib, yuqoriroq summa talab qilgan menejer qulayroq vaziyatda bo‘lib qoladi. Xuddi shunday holatni tarkibiy bo‘linma yoki alohida ishchiga yuklatiladigan maqsad va vazifalarni aniqlashda ko‘rishimiz mumkin.
    Bu o‘rinda, ko‘rgazmali nazoratda ijrochilar tomonidan o‘z imkoniyatlarini pasaytirib ko‘rsatish an’anasi mavjud.
    Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochilar o‘rtasidagi murosali qarorlar va kelishuvlar o‘z imkoniyatlarini ko‘proq pasaytirgan ijrochilarga ma’lum ustunlik beradi.
    Shuning uchun tajribali rahbarlar ijrochilarning aniq imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim va shundan kelib chiqib, o‘z rejalarini ishlab chiqishlari va xo‘jalik yurituvchi subyektning kadrlar siyosatini shakllantirishlari kerak.
    Sifatni boshqarishning hulqiy jihatlari sohasida ma’lum tavsiyalar
    ishlab chiqilgan. Ulardan asosiylarini keltirib o‘tamiz.


    1. Xodimlar tomonidan qabul qilinadigan ongli standartlarning o‘rnatilishi.

    Xo‘jalik yurituvchi subyektda o‘rnatiladigan standartlar ishlab chiqarish jarayonidagi ishchilar faoliyatini to‘liq va obyektiv ravishda aks ettirishi hamda tartibga solishi kerak.


    Agar ishchilar shunday bo‘lishi mumkin emasligini bilsalar, standartlar tegishli ravishda bajarilmaydi va ishchilarda qoniqmaslik hissini keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi.
    Menejerlar tomonidan ishlab chiqiladigan yoki standartni ishlab chiqish topshirilgan ijrochilar ichki qoniqish hissini uyg‘otuvchi adolatparvar xodimlar bo‘lishlari lozim.
    Bunga ishchilarni tashkilot faoliyatining maqsadlarini, ishlarni bajarish usullari va texnologiyalarini shakllantirishda, xo‘jalik yurituvchi subyekt standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun jalb etishga imkon yaratadi. Tashkilot rahbarining bunday harakatlari ishchilar tomonidan o‘z vazifalarini to‘la-to‘kis tushunishiga va ishlab chiqarish majburiyatlarini to‘liqroq bajarishiga olib keladi.


    1. Ikki tomonlama munosabatning o‘rnatilishi.

    Nazorat tizimini tatbiq etishda uni ishchilar bilan ochiq muhokama qilib olish maqsadga muvofiq. Kiritilayotgan nazorat turining mohiyati, undan firma rahbariyatining kutgan natijalari muhokama qilinishi lozim.


    Ishchilar nazorat tizimining tatbiq etilishi bilan bog‘liq ularda paydo bo‘lgan muammolarni ochiq-oydin muhokama qilishlari kerak. Bunday muhokamalar o‘zaro foydali bo‘lishi mumkin. Bir tomondan,
    kiritilayotgan sifat boshqaruvi tizimining maqsad va xususiyatlarini ishchilar yanada yaxshiroq tushunishi, o‘zini xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga aloqadorligi va uning natijalaridan ko‘proq manfaatdorligini his qiladi. Ikkinchi tomondan, standartlarni ishlab chiqishga boshchilik qiluvchi menejerlar ularning real imkoniyatlarini va standartlar ishlab chiqishda sezilmaydigan yashirilgan kamchiliklarni yaxshiroq tushunishlari mumkin.


    1. Haddan tashqari ortiqcha nazoratning bartaraf etilishi. Nazoratni xo‘jalik yurituvchi subyekt rejalarini samarali bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan doirada amalga oshirish zarur. Haddan tashqari ortiqcha nazorat shu narsaga olib kelishi mumkinki, nazorat tadbirlari yoki tadbirlarni o‘tkazish uchun yo‘naltirilgan, u yoki bu ko‘rinishdagi nazorat bilan bog‘liq mehnat va ishchilar vaqti xarajatlari haqiqatda zarur bo‘lgan xarajatlardan ustun bo‘ladi. Bunday nazorat xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyat yuritishiga ziyon yetkazadi.

    Samarali nazorat qabul qilingan rejaga nisbatan ma’lum og‘ishlarga yo‘l qo‘yib bermasligi kerak. Arzimas (kichik) nazorat ishchilarni ortiqcha asossiz ayblash odatda, ishlab chiqarish jarayoni natijalariga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi qulay ish jarayonini yaratishga halaqit beradi.


    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini boshqarishning samarali faoliyat yurituvchi tizimi – zamonaviy ishlab chiqarish, zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zagi hisoblanadi. Aynan shu narsa xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini samarali boshqarishda iste’molchi uchun jiddiy raqobat kurashida va yangi bozorlarni qo‘lga olishda muvaffaqiyat kaliti bo‘lib xizmat qiladi.
    Shu narsani ta’kidlash kerakki, zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyektda sifatni boshqarish tizimi qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari sifatiga, xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishning butun tizimiga ommalashadi.


      Yüklə 1,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə