A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


rasm. Barcha boshqaruv sikliga tatbiq etiladigan Deming sikli



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə113/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

rasm. Barcha boshqaruv sikliga tatbiq etiladigan Deming sikli


7 Шапиро В.Д. и др. Управление проектами. - СПб.: ДваТри, 1996.

Deming siklining amalga oshirilishi Yaponiyadagi sifat to‘garaklari faoliyatining asosiy maqsadiga aylandi. Yaponiya sanoati standartlarida “sifat nazorati”, “sifatning statistik nazorati”, “umumiy sifat nazorati” atamalariga aniq ta’riflar keltiriladi.


Sifat nazorati – iste’molchilar talablariga mos keluvchi tovar va xizmatlarning tejamli ishlab chiqarishini ta’minlaydigan tadbirlar tizimi hisoblanadi.
Sifatning statistik nazorati – statistik uslublardan foydalanuvchi zamonaviy sifat nazoratidir.
Umumiy sifat nazorati deyilganda – xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyati qamrab olinishi inobatga olinadi. Ya’ni, u xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha xodimlari ishtirok etuvchi va hamkorlik qiluvchi sifat nazorati hisoblanadi.

    2-§. Sifat ko‘rsatkichining mohiyati

Xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan mahsulot sifati unga qo‘yilgan talabni qondirish darajasi bilan belgilanib, texnik shart- sharoitlar ko‘rinishida shakllanadi.


Lekin, mahsulot sifatini aniqlashdagi hal qiluvchi omil iste’molchi talablarini qondirish darajasi bilan belgilanadi.
Shuning uchun ham mahsulotning sifatini aniqlashda nafaqat uning texnik sharoitlarga muvofiqligi darajasini, balki tovarning taqsimlanishi, ishlab chiqarishdan va sotishdan keyingi xizmat jarayonini ham hisobga olish zarur.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning barcha asosiy bosqichlari, shuningdek sotishdan keyingi davrdagi zaruriy texnik xizmatlar ham hisobga olinishi kerak.
Iste’molchi tomonidan birinchi navbatda e’tibor qaratiladigan jihat
- mahsulot sifatining, uning bahosiga mos kelishidir. Mahsulot sifati uning sotuv bozoridagi holatini va raqobatbardoshligini sezilarli darajada ta’minlab beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsuloti rentabelli (foydali) bo‘lishi uchun, ya’ni mahsulot o‘z ishlab chiqaruvchisiga u reja qilgan foyda miqdorini keltirishi uchun, iste’molchi tomonidan uning ishlab chiqarish xarajatlari (tannarxi) qoplanishi hamda belgilangan foydani to‘lashga roziligi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruv tizimining eng murakkab tuzilmasi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat boshqaruvi hisoblanadi. Mahsulotning yuqori sifatini ta’minlash uchun samarali nazorat tizimini yaratish lozim, unda kelayotgan xomashyoni nazoratidan tortib, to uni sotishdan keyingi xizmatni amalga oshirishgacha bo‘lgan jarayon qamrab olinishi kerak.
Ma’lumki, iste’molchi narxi yuqoriroq bo‘lsa ham, uning talablarini to‘liq qondiruvchi yuqori sifatli mahsulotni sotib olishni ma’qul ko‘radi.
Shu bilan birga, mashhur firma va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuqori sifatli mahsulot va xizmatlaridan foydalanish nufuzli hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi firmaning tovar belgisi ma’lum qimmatga ega va alohida ahamiyat kasb etib, ko‘p hollarda o‘ziga xos sifat belgisi, uning kafolati ramzi hisoblanadi.
Tovar belgisi va texnologiyalarga litsenziyalar berilishi yoki sotilishi tizimi – franchayzing bugungi kunda ommalashgan. Uning mohiyati shundan iboratki, bozorda yuqori nufuzga ega bo‘lgan firma iste’molchilarga noma’lum bo‘lgan firmaga o‘z texnologiyasidan va tovar belgisidan ma’lum miqdordagi tovon evaziga faoliyat yuritish huquqini beradi4.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, qilingan ishlarga muvofiq5 yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish foydasiga sifatsiz tovarlar ishlab chiqarmaslik sabablarini keltirib o‘tamiz.


    • Sifati past mahsulotlar ishlab chiqarish moddiy yo‘qotishlarga olib keladi.

4 Еддоус М., Стенфилд Р. Методы принятия решения. - М.: Аудит, ЮНИТИ, 1997.

5 Макино Т., Охаси М., Доке Х., Макино К. Контроль качества с помощью персональных компьютеров. - М.: Машиностроение, 1991.
Haqiqattan ham, yomon sifatli mahsulotning rejadagi hajmda sotilmasligining yuqori darajadagi ehtimoli mavjud.
Hattoki, samarali o‘tkazilgan reklama kompaniyasi birinchi iste’molchilarning tovar sifatiga nisbatan salbiy reaksiyasidan keyin ham muvaffaqiyatsizlikdan saqlab qololmaydi.
Tovar sotuvining to‘liq bo‘lmasligi uning ishlab chiqarishini norentabel bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni ham qoplab bo‘lmaydi.
Murakkab, qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan buyumlar sifatining pastligi yanada ko‘p moddiy xarajatlarga olib keladi.
Birgina sifatsiz detal odamlarning katta kollektivi mehnatini yo‘qqa chiqaradi, qimmatbaho ishlab chiqarishni norentabel qiladi.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə