A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə191/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

V



Variable cost pricing – o‘zgaruvchan xarajatlar asosida bahoni belgilash usuli (baho belgilashning o‘zgaruvchan xarajatlar usuli). Baho mazkur mahsulot uchun o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlar yig‘indisining ma’lum foizi sifatida hisoblanishi lozim deb topilgan, baho belgilashning asosiy (sarflash) usullaridan biri.


Variable costs – o‘zgaruvchan xarajatlar. Ishlab chiqarilgan mahsulot (yoki boshqa hajmiy ko‘rsatkich) miqdori o‘zgarishi bilan yig‘indisi mutanosib o‘zgaradigan xarajatlar. Tayyor mahsulot birligiga hisoblashda o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Ularga bevosita moddiy materiallar
sarflari, bevosita mehnat sarflari va umumishlab chiqarish xarajatlari va tijorat xarajatlarining alohida turlari kiradi.


Variable costing – «direkt-kosting». O‘zgaruvchan xarajatlarni hisoblash usuli. Mahsulot tannarxiga va, demak, yakuniy zaxiralar bahosiga faqat o‘zgaruvchi ishlab chiqarish xarajatlari kiradigan, doimiy umumishlab chiqarish xarajatlari esa, davriy joriy xarajatlar sifatida inobatga olinadigan xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblash usuli. To‘liqmas o‘rtacha xarajatlar hisobi usuli (absorption costing) deb ham yuritiladi. Shuningdek, Direct costing, Marginal costing deb yuritiladi.


Variable manufacturing costs – o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarilgan birliklar miqdoriga mutanosib o‘zgaradigan ishlab chiqarish xarajatlarining turlari. Bevosita moddiy xarajatlarni, to‘g‘ri mehnat sarflarini va o‘zgaruvchi umumishlab chiqarish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.


Variance – chetlanish. Hisobot davrida ayrim olingan ko‘rsatkichning haqiqiy va me’yoriy (rejaviy, byudjetniki) qiymati o‘rtasidagi tafovut.


Variance analysis – chetlanishlar tahlili. Haqiqiy ko‘rsatkichlarning me’yoriylar (byudjetniki)dan chetlashish kattaligini aniqlash va ularning yuzaga kelish sabablarini aniqlash jarayoni. Byudjetlar ijrosini nazorat qilish, faoliyat natijalarini baholash uchun boshqaruv tomonidan qo‘llaniladi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə