A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Sum-of-the-years’-digits method



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə187/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Sum-of-the-years’-digits method – sonlar (yillar) yig‘indisi bo‘yicha hisoblash usuli. Uzoq muddatli moddiy aktivlar uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullaridan biri. Aktivning xizmat qilishga mo‘ljallangan yillari sonlari qo‘shiladi va ushbu yig‘indi xizmat butun foydali muddati mobaynida har yili aktiv amortizatsiyalanayotgan narxiga mutanosib qo‘llaniladigan bir qator koeffitsiyentlar maxraji hisoblanadi. Tezlashgan amortizatsiyani hisoblash usuli.


Supporting service function – yordamchi xizmat ko‘rsatish. Korxonaning me’yorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi, ishlab chiqarish jarayonida o‘zi bevosita ishtirok etmaydigan tashkiliy birlik yoki bo‘linma. Masalan, ta’mirlovchi va texnikaviy xizmatlar, ichki transport xo‘jaligi, texnikaviy nazorat.

    T



T-account – T – schet. Buxgalteriya hisobining eng sodda (T harfini eslatuvchi) shakli. Xo‘jalik jarayonlarini tahlil etish uchun qo‘llaniladi, ayniqsa o‘quv maqsadlarida nihoyatda foydali.


Taking a physical inventory – inventarizatsiya (inventarizatsiya o‘tkazish). Tovar-moddiy boyliklarni haqiqatda jismoniy hisoblash. Odatda, moddiy boyliklarni nazorat qilish maqsadida hisobot davri yakunida yoki muntazam ravishda o‘tkaziladi.


Tangible assets – moddiy aktivlar. Moddiy mohiyatga ega uzoq muddatli aktivlar.


Target costs – maqsadli (rejalashtirilgan) xarajatlar. Me’yoriy xarajatlarga o‘xshash.


Temporary accounts – vaqtinchalik (hisobot davri oxirida yopiladigan) schetlar. Bitta hisobot davridagi ishlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan schetlar. Hisobot davri yakunida ular yopilishi (saldo nolga teng bo‘lishi) lozim. Daromadlar va xarajatlar barcha schetlalari, chegirib tashlash va yakuniy daromad hisobi vaqtinchalik hisoblardir. Shuningdek, Nominal accounts deb yuritiladi.


Theoretical capacity – nazariy ishlab chiqarish quvvati. Barcha mashinalar va jihozlar tanaffuslarisiz samaradorlikning eng yuqori darajasida ishlash sharoitida bo‘linma yoki butun korxona tomonidan davr mazkur bosqichida mahsulotning imkon qadar eng katta miqdori darajasida ishlab chiqarilishi. Korxona faoliyatining eng yuqori darajasi. Shuningdek, ideal (mukammal) ishlab chiqarish quvvati (Ideal capacity) deb yuritiladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə