A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Special-order decision analysis



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə184/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Special-order decision analysis – «maxsus buyurtmani qabul qilish kerakmi yoki yo‘qmi» degan qaror. Tezkor boshqaruv vazifalar tipik sinflaridan biri – bozor narxidan past (ba’zida hatto tayyorlash tannarxidan past) narxlarda oldindan rejalashtirilmagan maxsus buyurtmani qabul qilish kerakmi yoki voz kechish kerakmi.


Specific identification method – yaxlit identifikatsiya usuli. Zaxiralar har bir birligi harakati va uning narxi kuzatiladigan tovar- moddiy boyliklarni hisobga olish usuli. Amalda uzluksiz hisobga olish uslubi juda mashaqqatli, bunday hisobni olib borish katta xarajatlarni talab etadi. Qimmatli va ko‘pincha ozgina miqdorlarga ega mahsulotlar (samolyotlar, avtomobillar, zargarlik buyumlari va sh. o‘.)ni ishlab chiqarishda sotishda qo‘llaniladi.


Split-off point – bo‘lish (taqsimlash) nuqtasi. Birgalikdagi mahsulot (joint product) alohida mahsulotlarga bo‘linadigan texnologik jarayondagi nuqta. Bunday paytdan keyingi barcha xarajatlarni ushbu mahsulotlarga o‘tkazish mumkin. Ushbu nuqtagacha birgalikdagi xarajatlarni bir nechta mustaqil yakuniy mahsulotlarga taqsimlash muammosi mavjud. Masalan, neftni qayta ishlash sohasida neftni qazib olishga, tashishga, saqlashga umumiy xarajatlarni alohida undan tayyorlanadigan mahsulotlar – benzinga, kerosinga, mazutga, gazolitga va boshqalarga taqsimlash muammosi mavjud.


Standard costs – me’yoriy (normativ) xarajatlar tayyor mahsulot birligiga hisoblaganda, odatda, namoyon bo‘ladigan xarajatlarning oldindan belgilangan haqiqiy unsurlari (elementlari). Ishlab chiqarish xarajatlarining barcha uchta unsurlarini – bevosita moddiy materiallarni, bevosita mehnatni va umumishlab chiqarish xarajatlarini qamrab oladi. Tatbiq etishning asosiy maqsadlari xarajatlarni boshqarish va nazorat qilish, haqiqiy narxlarni belgilash, byudjetlarni va turli istiqbollarni tayyorlash bo‘lgan «Standart-Kost» (Standard-Cost) tizimida, ishlab
chiqarish korxonalari tomonidan keng ishlatiladigan xarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblash tizimida qo‘llaniladi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə